Özbekistonda koronavirusdan zararlangan bemorlar davolanişi uçun xarajatlar töliq davlat tomonidan qoplanmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov Xalqaro press-klubning sessiyasida ma'lum qildi.

Ma'lum qilinişiça, Özbekistonda koronavirus infeksiyasiga çalinib davolanayotgan örta ahvoldagi har bir bemor uçun 32 million sömdan mablağ sarflanmoqda. Jonlantiriş bölimiga yotqizilgan oğir ahvoldagi har bir bemor uçun esa örtaça 64 million söm sarflanmoqda. Şuningdek, karantinda bölib turgan fuqarolarning har biri uçun 14 kunlik karantinda davrida 2,4 million sömdan, koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga olingan har bir bemor tiklanişi uçun 2,8 million sömdan sarflanmoqda.

«Bizda kasallik 15 mart kuni ilk marta qayd etilgan bölsa, biz bunga 2 oy avvaldan tayyorgarlikni boşlagandik. Şunda JSST ekspertlari aytişdiki, agar bu epidemiya uç yil avval Özbekistonda röy berganida bu tizim kötara olmasdi. Yaxşiki, prezidentimiz boşçiligida sohada qator islohotlar amalga oşirildi va tibbiyotda özgarişlarga erişdik. Çunki davlatimiz rahbari birinçi navbatga xalqni salomatligini qöydi.

Bizdagi çeklovlar va profilaktik çoralar bu kasallik keskin tarqalişining oldini oldi. Bemorlarimizni oladigan bölsak, 1716 nafaridan 12 nafari oğir, 6 nafari öta oğir holatda. Bu 1,4 foizni taşkil qiladi. Holbuki boşqa davlatlarda bu körsatkiç 20 foizgaça, öta oğir holatlar 3-5 foizga yetadi. Bir kunda aniqlaş böyiça 10 mingdan ortiq testlar ötkazayapmiz, bugungi kungaça 210 mingdan ortiq testlar ötkazildi.

Bizda kasallikdan davolanayotganlar, virus yuqqani gumon qilinganlar, karantinda saqlanayotganlarning hammasi davlat budjeti hisobidan bepul davolanmoqda.

Hozir bu kasallikka qarşi kuraş uçun 16 ming örin hozirlab qöyildi. Sababi, juda köp davlatlar joy topolmay qoldi. Bizda esa şunday imkoniyat yaratib berildi. Bugungi kunda yurtimizda örta holatdagi bir nafar kasalga 32 mln söm, reanimatsiyadagi bemor uçun 64 mln söm ajratilyapti. Barça apparatlar, jumladan öpkani sun'iy nafas oldiriş apparatlari ham zaxirasi bilan bor. Şuningdek, koronavirusdan davolaş maqsadida 20 ming bemor uçun dori-darmon vositalari zaxirasi yaratib qöyilgan», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.