21 aprel kuni Farğona viloyatining Uçköprik tumanida «Ma'rifat» gazetasining viloyatdagi maxsus muxbiri Şarifaxon Madrahimovaga Uçköprik tuman hokimligi va tuman IIB xodimlari tomonidan bosim ötkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Şu kuni Kun.uz saytida Şarifa Madrahimova bilan boğliq voqea yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.
Uçköprik tumani hokimligi matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinişiça, hokimlikning jurnalistga bosim qilib, uning faoliyatiga tösqinlik qilgan xodimi işdan olingan.
«Ma'rifat» gazetasining Farğona viloyatidagi muxbiri Şarifa Madrahimova va Uçköprik tumani hokimligi xodimi Şohjahon Möydinov bilan boğliq holat tuman hokimligi tomonidan batafsil örganib çiqildi.
Şohjahon Möydinovga nisbatan içki idoraviy örganiş ötkazilib, davlat idoralarida örnatilgan kasb etikasi me'yorlarini buzilgani tasdiqlandi.
Şohjahon Möydinov Uçköprik tumani hokimining kotibi vazifasidan ozod etildi va xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilindi.
Jurnalist Şarifa Madrahimova va hokimlik xodimi örtasida yuz bergan holat tuman huquq-tartibot idoralari tomonidan örganilmoqda. Örganiş natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinadi va qöşimça ma'lumot beriladi», deyiladi ma'lumotda.
















