30 aprelda 100 yoşini qarşilaydigan Tom Mur ismli erkak koronavirusga qarşi kuraşga 30 mln funt sterling yiğa oldi. Buning uçun u 100 yoşga tölişiga qadar 25 metrlik boğida 100 marta aylanib çiqişni öz zimmasiga olgan. 

Qariya karantin kiritilişi oldidan tos-son böğimida jarrohlik operatsiyasini boşdan ötkazgan. Şifokor unga tiklaniş uçun sayr qilişni tavsiya qilgan. Biroq britaniyalik buni foyda bilan qilişga qaror qilgan.

9 aprelda u öz boğida deyarli 3 kmlik masofani bosib ötiş böyiça çellenj boşlagan va barça befarq bölmaganlarni xayriya qilişga çaqirgan.

Faxriyning aytişiça, u ming funt sterling yiğişni rejalaştirgan. Biroq bu summa tezda yiğilgan va Mur summani 10 ming funt sterlinggaça oşirgan. Biroq bu summani ham tezda yangilaşga töğri kelgan.

Foto: Legion-media

Qariya haqida butun mamlakat xabar topgan. U har kuni yuzlab minnatdorlik maktublari olmoqda. Murning ta'kidlaşiça, unga hozirdayoq 70 mingta otkritka jönatişgan.

“U ajoyib iş qilmoqda. U 99 yoşli faxriy, ya'ni har doim old safda bölgan. U hozir ham öşa yerda qolmoqda va öz qat'iyati bilan barçamizni ilhomlantirmoqda”, deb aytişgan onlayn-intervyulardan birida Britaniya şahzodasi Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton.

Ta'kidlanişiça, 16 aprelda Mur öz “marafoni”ni yakunlayotgan vaqtda uning boğida u bir vaqtlar xizmat qilgan Yorkşir polki harbiylaridan iborat faxriy qorovul uni olqişlab saf tortib turgan.

Şunisi ma'lumki, qariya Pride of Britain (“Britaniya faxri”) mukofoti bilan taqdirlanmoqçi.