— Dollarning sömga nisbatan rasmiy qiymati doimiy oşib boryapti. Buning sababi qanday omillarga boğliq?

 — Töğri ta'kidlab ötdingiz, lekin aslida bu holat dollar kursi qadrli bölmoqda, ösmoqda, degan ma'noni bildirmaydi. Çunki, dollar jahon iqtisodiyotida rezerv valutalardan biri (asosiysi) sanaladi. Qaysi ma'nodaki, ya'ni, butun dunyo YaIMning qariyb 20 foizi faqatgina AQŞga töğri keladi. Şuningdek, butun dunyo iste'molining 40 foizi AQŞ hissasiga töğri keladi. 

 Xalqaro moliya institutlarining deyarli barçasi AQŞ hududida joylaşgan, qolaversa, sönggi jahon valuta tizimi, ya'ni valuta munosabatlarini tartibga soliş böyiça konferensiya Yamaykaning Kingston şahrida 1976-78 yillarda bölib ötgan. Bu tizimda ham qator nomuvofiqliklar mavjud. Lekin, sönggi jahon valuta tizimini strukturasini, arxitekturasini saqlab qolişga harakat qilinmoqda. Eng rivojlangan davlatlar (G-7) içida ham eksport-import operatsiyalari hajmi böyiça ham, qöllaniladigan valuta böyiça ham AQŞ dollari, umuman, dunyo taşqi savdosida, ya'ni eksport-import operatsiyalarida ham AQŞ dollari yetakçilik qiladi.

 

 — Bu holatning milliy iqtisodiyotimizga ta'siri nimalarda seziladi?

 — Milliy valuta kursining tuşişi masalasiga keladigan bölsak, hozirgi kunda nafaqat bizda, şuningdek, balki bizning asosiy taşqi savdo hamkorlarimizda devalvatsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Albatta, bu holat bizga ham öz ta'sirini ötkazadi. Masalan, Xitoyda koronavirusni keng tarqalişi oqibatida yuzaga kelgan pandemiya tufayli Xitoy iqtisodiyotida harakatsizlik kuzatildi, ya'ni iqtisodiy jarayonlar pasayiş tendensiyasiga ega böldi. Buning natijasida, Xitoyning yoqilğiga bölgan talabi keskin kamayişi oqibatida neft-gaz mahsulotlarini importini sezilarli darajada qisqartirişiga sabab böldi. Buning natijasida, zanjirli reaksiya oqibatida neft-gaz xomaşyolarining narxi tuşdi, xususan, neftning narxi keskin pasaydi, gaz importining hajmi tuşdi, oqibatda uning ham narxi pasayişi kuzatildi. Özbekistonning taşqi savdosiga gaz eksportining pasayganligi, taşqi savdoda eksportning sezilarsiz bölsa-da, pasayişiga sabab böldi. Şuningdek, tölov balansini xalqaro transferlar moddasida keskin kamayişi kuzatildi, sababi, xorijda işlayotgan migrantlarimiz tomonidan jönatilayotgan xalqaro pul ötkazmalarining sezilarli darajada pasayişi kuzatildi. Tijorat banklarining valuta pozitsiyalarida qisqa muddatli likvidlilik muammolari kuzatilişi röy berdi. Lekin, eng yaxşi tomoni milliy valuta - “söm” kursini uşlaş uçun sun'iy harakat qilinmayapti, bozor qonunlariga muvofiq devalvatsiya kuzatilmoqda. Butun dunyoda valuta kursini barqarorligini ta'minlaş uçun Markaziy banklar tomonidan valuta intervensiyasi ötkaziladi.