Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda maktab, bog‘cha va teatrlar vaqtincha yopilib, ommaviy tadbirlar taqiqlandi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bog‘cha va maktablar 27 apreldan 10 maygacha yopiladi. Dushanbe shahar ta'lim boshqarmasi bergan ma'lumotlarga qaraganda, bu karantin bilan bog‘liq chora emas.
Bir necha kundan beri Tojikiston poytaxtida keng miqyosda ko‘chalar va turli tashkilotlarni dezinfeksiya qilish ishlari davom ettirilmoqda. Ana shu ishlar doirasida shahar hokimiyati qarori bilan koronavirus tarqalishining oldini olish uchun shahardagi barcha bog‘cha va maktablar ikki hafta mobaynida, 27 apreldan 10 maygacha dezinfeksiya qilib chiqiladi. Shu davr mobaynida bog‘cha va maktablarda navbatdan tashqari ta'til e'lon qilinadi.
Ma'lum bo‘lishicha, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalariga ta'til berilmaydi, ularda odatiy ta'lim jarayonlari davom etaveradi. Xabarda navbatdan tashqari ikki haftalik ta'til mamlakatning boshqa hududlaridagi bog‘cha va maktablarga ham berilishi ochiqlanmagan.
Asia Plus nashrining xabar berishicha, Tojikistonda teatr va kinoteatrlar vaqtincha yopiladi. Mamlakatda har qanday ommaviy tadbirlar, xususan, sport tadbirlari o‘tkazish taqiqlanadi.
Oxirgi kunlarda Tojikistonda pnevmoniyadan o‘n nafardan oshiq odam vafot etdi, ammo sog‘liqni saqlash vazirligi ular koronavirusdan o‘lmaganini, mamlakatda xavfli virus holati aniqlanmaganini ta'kidlab keladi. Xalqaro tashkilotlar ham Tojikistonni koronavirus aniqlanmagan mamlakatlar qatoriga kiritgan.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026