“Koronavirus inqirozi jahon iqtisodiyotini işsizlik va noçorlikning tarixiy darajasi bilan retsessiyaga çömdirmoqda”, deb ta'kidlab ötişgan BMT mutaxassislari. 

Inqirozdan kiçik va örta korxonalar, qişloq xöjaligi işçilari, özini iş bilan ta'minlaganlar, qoçqinlar va mehnat migrantlari eng köp jabr körişi mumkin.

BMTda ta'kidlanişiça, inqirozning erkaklar va ayollarga ta'siri ham turliça böladi. “Avvalroq ham mavjud bölgan gender tengsizligi hisobiga ayollar iqtisodiyot tiklanişi vaqtida yangi iş qidirişda yoki tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanişga urinişda qiyinçiliklarga duç kelişlari mumkin”, deyilgan hujjatda.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, dunyoda koronavirusga çalinganlar soni 3 mlndan oşdi. Dunyoning deyarli  barça davlatlarida karantin çoralari kiritilgan. Biroq çeklovlar ortida kiçik biznes, xususiy tadbirkorlar kasodga uçramoqda. Köplab işçilar majburiy ta'tilga jönatilmoqda yoki böşatilmoqda.