Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adham Ikromov «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatida qatnashgan tadbirkorlarga beriladigan imtiyozlarni sanab o‘tdi
28 aprel kuni Savdo-sanoat palatasida palata raisi Adham Ikromov ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Tadbirda «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati va unda tadbirkorlarning ishtiroki masalasida so‘z bordi.
Tadbir davomida palata raisiga «Saxovat va ko‘mak» harakatiga qo‘shilgan tadbirkorlar sarflagan mablag‘ qay tarzda qoplab berilishi va bu jarayonning aniq mexanizmi bor-yo‘qligi borasida savol berildi.
«Bu borada kecha prezident farmoni chiqdi. Bu bevosita hokimliklarga bog‘liq.
Endilikda investitsion majburiyat kamaytiriladi. Shuningdek, pul mablag‘lari va tovarlarga foyda solig‘ini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi, lizing muddati uzaytiriladi, ma'lum tovarlar QQSdan ozod qilinadi va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solish obektiga kiritilmaydi hamda shunga o‘xshash boshqa imtiyozlar», – dedi Ikromov.
Palata raisiga ko‘ra, tadbirkor uchun bu juda katta imtiyoz hisoblanadi.
«Biz 20 foizlik QQSni hammaga barobar qilgandik. Lekin kecha prezident farmoni chiqdi. Bir xil narsalar hukumat darajasida hal qilinadi, bir xil narsalar «pastda».
Masalan, hozir tekstil korxonalar 3 smenada ishlashyapti, bu orqali eksportga juda katta mahsulot yo‘naltiriladi. Ular shundoq ham 3ta smenada ishlashyapti, lekin biz ularga aytdik: agar 3 smenada ishlasang, elektr energiyasiga 50 foiz chegirma qilib beramiz, deb.
Bu juda katta imtiyozlar. Undan tashqari, investitsion majburiyatlarni prolongatsiya qilib berish, ya'ni vaqtini cho‘zib berish. Avval 1 oktyabrgacha deb berilgan imtiyozlar endi 1 yanvargacha cho‘zib berildi, ya'ni yana 3 oyga. Biz buni rahbarning majlislarida iltimos qilgandik», – dedi u.
Bu tadbirkorlarni to‘la qoniqtiradimi, deya so‘raldi Adham Ikromovdan.
«Tadbirkorga ikki narsa muhim. Birinchisi – kreditlarni arzonlashtirib berish. Hozir imkoniyat bor. Bilasiz, fondga 500 mlrd berildi. Agar men 24 foiz kredit olsam, 12 foizini shu fond qoplab beradi. Menga bu hozir nega kerak? Balki uni ham ishlatarmiz, lekin tabiiy hol qilaylik, bizda imtiyozli kreditlar paydo bo‘lganday, qayta moliyalashtirish stavkasini ham sekin tushirish kerak», – deya javob berdi Savdo-sanoat palatasi raisi.
Mavzuga oid
10:00 / 20.01.2026
Vizalarni soddalashtirish, tur-paketlarni muqobillashtirish, noqonuniy migratsiyani kamaytirish: elchi va tadbirkorlar uchrashuvida qanday masalalar ko‘tarildi?
19:44 / 22.10.2025
“Qashqadaryoda ish beruvchilar va ishchilarning qo‘nimsizligi eng katta muammo” – Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov
17:18 / 13.08.2025
“Quruvchi tannarxidan emas, budjetga to‘laydigan solig‘idan chegirma qilib beryapti” – SSP raisi
15:19 / 07.07.2025