Yevroittifoqdagi diplomatik manbalar YeI va Buyuk Britaniya örtasidagi Brexit’dan keyingi munosabatlar töğrisidagi kelişuvni tayyorlaş böyiça muzokaralar boşi berk köçaga kirib qoldi deb hisoblamoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
"Biz boşi berk vaziyatdamiz. Yeçimini topişi mumkin bölgan köplab arzimas texnik tafsilotlar mavjud, ammo har bir savol böyiça har bir tomon öz maqsadiga erişişga urinmoqda va tafovutlar ulkan. Buni siyosiy turtkisiz yeçib bölmaydi, turtki esa yöq", - deya yevropalik diplomatning sözlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.
Ötgan haftada ötkazilgan muzokaralarda asosiy masalalar böyiça sezilarli siljişga erişilmadi, navbatdagi muzokaralar 11 mayga belgilangan.
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini şu yilning 1 fevralida tark etdi. Bryussel va London yil oxiriga qadar ötiş davri töğrisida kelişib oldi. Tomonlar bu vaqt içida kelgusi munosabatlarni quriş tartibi töğrisidagi hujjatni kelişib olişi kerak.


















