Prezident “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga köra, 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 1 oktyabrga qadar “Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va kömak” fondiga, “Özbekiston mehr-şafqat va salomatlik” jamoat fondiga, şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan şakllantiriladigan ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtojlar röyxatiga kiritilgan jismoniy şaxslarga beğaraz beriladigan pul mablağlari va tovarlar (xizmatlar):
foyda soliğini hisoblaşda çegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi (15 foiz);
QQSdan ozod etiladi (15 foiz);
aylanmadan olinadigan soliq böyiça soliq soliş obektiga kiritilmaydi (4 foiz).
DSQ matbuot xizmati bu qanday işlaşini tuşuntirib berdi.
1-misol. Korxona tomonidan farmonda körsatilgan xayriya jamğarmalari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining röyxatiga kiritilgan jismoniy şaxslarga 100,0 mln. sömlik mablağ ötkazildi yoki oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Bunda, korxona foyda soliğini hisoblab çiqarişda xarajatlarini 100 sömga oşiradi. Natijada, korxona tomonidan tölanadigan foyda soliği (100 x 15 foiz) 15 mln. sömga kamayadi.
2-misol. Korxona tomonidan işlab çiqarilgan 500 mln. sömlik un mahsulotlari “Saxovat va kömak” fondiga beğaraz berildi. Uşbu fondga berilgan mahsulotlarga qöşilgan qiymat soliği solinmaydi. Natijada, korxona QQS böyiça (500 x 15 foiz) 75 mln. söm imtiyozga ega böladi.
3-misol. Korxona tomonidan işlab çiqarilgan 30 mln. sömlik oziq-ovqat mahsulotlari “Mahalla” xayriya jamoat fondiga beğaraz berildi. Uşbu fondga yönaltirilgan 30 mln. sömlik mahsulotlarga aylanmadan olinadigan soliq solinmaydi. Natijada, korxona aylanmadan olinadigan soliqni tölaşda (30 x 4 foiz) 1,2 mln. söm imtiyozga ega böladi.
Prezidentning PF-5978-sonli farmoni bilan pandemiya faoliyatiga salbiy ta'sir qilgan mikrofirma, kiçik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga 2020 yil 1 oktyabrgaça ayrim soliqlarni foizsiz keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) huquqi taqdim etilgan edi.


















