
«27 aprel kuni respublikamizga Turkmaniston hududidan kuçli şamol kirib kelgan, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida sekundiga 9-40 metrgaça tezlikda şamol esgan edi. Oqibatda bir neça fuqaro jarohatlanib, bir kişi halok böldi. Şuningdek, uy-joylar, avtotransport vositalari, infratuzilma obektlari va ekin maydonlariga zarar yetdi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bugun zudlik bilan Buxoro viloyatiga yetib bordi. Vertolyotda Qoraköl va Olot tumanlaridagi holatni közdan keçirdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.






Olot tumani markazida mahalliy aholi vakillari, faollar bilan uçraşuv ötkazildi.

Davlat rahbari keçagi kuçli şamol kutilmagan va ilgari kuzatilmagan tabiiy ofat bölganini, odamlar turmuşi, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarga salbiy ta'sir qilganini afsus bilan qayd etdi.

«Xalqimiz hamjihat bölib, bunday sinovlarni köp yengib ötgan. Bu safar ham zarur çora-tadbirlar körilib, talofat oqibatlari tezda bartaraf etiladi. Eng muhimi, ruhni tuşirmay, birgalikda kuraşsak, bu qiyinçiliklardan kuçli bölib çiqamiz», deb ta'kidladi Prezidentimiz.



















