Prezident Olot tumanida aholi bilan muloqot çoğida dastlab koronavirusga qarşi olib borilayotgan işlar haqida gapirdi.
«Bu yönalişda Buxoroda ham katta işlar qilinyapti. Har bir fuqaroning hayotini saqlab, birorta ham ölim bölmasligi uçun 24 soat harakat qilyapmiz. Albatta, bu boşimizga tuşgan katta sinov. Men birinçi kundanoq aytdimki, bu sinovdan qudratli bölib çiqamiz, bir-birimizga mehrimiz, muhabbatimiz, albatta, oşadi.
Bugun ham Xudo taoloning katta sinovi böldi. Ikki tuman - Olot va Qorakölda bölgan voqea — buyam bir sinov», dedi prezident.
Prezident hodisa haqida, yetkazilgan zararning kölami töğrisida töla xabardorligini aytib ötdi.

«Eng muhimi sizlarning kayfiyatlaring buzilmasligi uçun özim yetib keldim. Qölimda hamma ma'lumot bor. Qaysi maktab, qaysi xonadon, qaysi boğça, qaysi şifoxonaga qança mablağ kerak bölsa, şunça mablağ beramiz.
Birorta xonadon, birorta korxona, birorta fermerga zarar yetkazmaymiz. Ğalla buzilgan joyda paxta ekamiz. Mehnat qilamiz, jipslaşamiz. Ertaga daromadimiz bundan ham köp böladi.
Men hamma qarorlarni qabul qildim, heç qanday zarar bölmaydi. Eng asosiysi, vahimaga tuşmasdan, saranjom bölib, odamlarimizni saqlaşimiz kerak. Şuning uçun hammamiz ehtiyot bölib, ogoh bölib öz işimizni davom ettirişimiz kerak.
Xudoga ming qatla şukr, bu iş kunduzi bölmadi. Aks holda köp odam yöqotib qöyardik, odamlar sarosimaga tuşib qolardi. Keçasi odamlar içkarida bölgani uçun odam yöqotmadik, qarindoşimizni, farzandimizni, nevaramizni, qöşnimizni yöqotmadik. Faqat bir Aşurov... joyi jannatdan bölsin. Farzandi tirik. Oilasiga yordam beriladi. Hamma çora-tadbirlarni köramiz.
Ikki tuman uçun kerakli kuç va vositalarni, mablağlarni beramiz. Qoraköl va Olotni yangilaymiz. Mahalla raislaridan iltimos, har bir xonadonga kirib, karantin normalarini saqlab, odamlarga rahmatimni va iltimosimni yetkazinglar, ogohlikka da'vat qilib, sarosimaga tuşmaslikni iltimos qilaman.
Hammaga qozonini qaynatişgayam şaroit yaratib beramiz. Ikki-uç marta aylanib hamma joyni kördim. Menda kelişimdan oldin ma'lumotlar bor edi, lekin özim kelib körişim, közlaringga qarab gapirişim boşqa edi. Toşkentdan turib gapiriş ham mumkin, lekin kelib köriş — mutlaqo boşqa narsa...
Bu mening jonajon xalqim. Bitta mahalla ham, bitta köçayam, bitta xonadonam men uçun aziz, mukarram, mana şunday xalqimni qutqariş ham farz, ham qarz. Hammamizga.



















