
Michael Hogan / Navy Office of Information / AFP / Scanpix / LETA
AQŞ Mudofaa vazirligi – Pentagon rasmiy saytida noma'lum uçar jismlar aks etgan video paydo böldi.
Harbiy samolyotlardan olingan yozuvlardan uçar jism samolyotga ham, vertolyotga ham yoki boşqa uçuvçi apparatlarga ham öxşamasligi körinadi.
The New York Times naşri muxbiri AQŞ harbiy dengiz kuçlarining bir neça uçuvçilari bilan boğlanib, ular havoda payqagan noma'lum uçar jism haqida gaplaşdi. Naşrning yozişiça, «Havodagi xavflarni aniqlaş dasturi» yopiq bölsa-da, u haqda ba'zi ma'lumotlar aniq bölgan.
Virjiniyadagi VFA-11 bölinmasi uçuvçilari 2014-15 yillarda Fors körfaziga uçişdan avval ötkazilgan tayyorgarlik parvozlari vaqtida noma'lum jismlarni payqagan. Uçuvçilar öz ismlarini oşkor qilmaslik şarti bilan ma'lumot bergan. Ulardan ikki nafari ismini aytgan: leytenant Rayan Greyvz hamda leytenant Denni Akkoyn.
Gazetaning yozişiça, F/A-18 Super Hornet qiruvçi samolyotlarida 1980 yilda işlab çiqarilgan radarlar zamonaviylariga almaştirilgaç, uçuvçilar noma'lum jismlarni aniqlagan. Leytenant Akkoynning aytişiça, u noma'lum uçuvçi jismni dastlab payqay olmagan.
Uçuvçilar avvaliga radar xato işlayapti deb ham öylaşgan. Bir neça kun ötgaç leytenant Akkoyn noma'lum jismni payqab, uning yönalişini infraqizil spektr yordamida aniqlay oladi. Leytenant Greyvzning aytişiça, noma'lum jismlar har xil balandlikda uçgan. Ular ba'zan dengiz sathidan 9 kilometr balandlikkaça payqalgan. Ular goh sekin, goh baland uçgan. Hatto ovoz tezligida ham uçgan. Leytenantning aytişiça, jismlar 12 soatlab havoda turgan va bu vaqt davomida qayerdan energiya olganini harbiylar tuşunişmagan: «U biz kutgandan 11 soat köproq uçdi», degan Greyvz.
https://www.nytimes.com/video/players/offsite/index.html?videoId=100000006525294
Uçuvçilar avvaliga bu «havo xavflarini aniqlaş dasturi» doirasidagi uçuvçi jism deb öylaşgan, ammo 2014 yil samolyotlar noma'lum jism bilan töqnaşib ketişiga bir baxya qolgaç, bu fikrdan qaytişgan. Noma'lum jism samolyotga 30 metrgaça yaqin keladi. Şundan söng hukumat yangi uçuvçisiz dronlarni u yerda sinamaslikka qaror qilgan. Uçuvçilarning aytişiça, Fors körfazida noma'lum jism qaytib ularning oldidan çiqmagan.
















