Avtomobillar “Keles Distribution” savdo tarmoği orqali sotilmoqda.    

Kompaniyalarning qöşma bayonotida aytilişiça, birinçi bosqiçda Qozoğistondagi dilerlik tarmoğiga Chevrolet Malibu sedani, Cobalt va Nexia modellari, Damas miniveni, Labo yuk maşinasi va Trailblazer krossoveri yetkazilgan. Yaqin orada Qozoğiston bozoriga Chevrolet Tracker krossoveri çiqariladi.

Ta'kidlanişiça, dastlabki buyurtmalarga köra Qozoğistonda Damas va Labo modellari Çevrolet’ning boşqa modellariga nisbatan yetakçilik qilmoqda. Bu uşbu modellarning pandemiya şaroitida tovarlarni yetkaziş sohasida tejamkor va samarali avtomobillarga ehtiyoj sezayotgan kiçik va örta biznes korxonalari orasida yuqori talabga egaligi bilan boğlangan.

Chevrolet brendining köp modellari imtiyozli avtokreditlaş davlat dasturi iştirokçisi hisoblanadi. Bu esa qozoğistonliklarga Chevrolet avtomobillarini qulay şartlar bilan xarid qiliş imkonini beradi. 

Chevrolet avtomobillari “SaryarkaAvtoProm”ning Qöstanaydagi zavodida 28 martdan işlab çiqarila boşlangan.