Boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKAda ötkazilgan brifingda qatnovlar çegaralangan bölişiga qaramay Özbekistonda nega karantinga olinganlar soni kamaymayotganiga izoh berdi.

«Bir jihatga e'tibor qaratiş kerak, çegaralar butunlay yopilmagan, respublikaga har kuni Qozoğiston, Qirğiziston, Afğoniston hududidan 400-500 kişi kirib kelmoqda. Va ular kelişi bilan karantinga olinmoqda.

Xorijiy davlatlarga, aynan epidemik noxuş hududlarga borib yuk olib kelgan yo yuk eltib bergan şaxslar ham darhol karantinga olinmoqda», dedi Nurmat Otabekov.

Uning qayd etişiça, asosan, 3 toifadagi odamlar karantinga olingan: epidemik noxuş hududdan kelganlar, kasallikka çalinganlar bilan muloqotda bölganlar va karantin muddatida kasallik çiqişi munosabati bilan karantin muddati çözilgan şaxslar. Mana şu toifadagi şaxslar hisobiga karantinga olinganlar sonida katta özgariş kuzatilmayapti.

«Ayni paytda 85 ming odam karantinga olingan bölib, ularning 16 948 nafari statsionar karantinda (kasalxona, sanatoriya, maxsus tayyorlangan joylar), 62 408 nafari uy şaroitidagi karantinda.

Kasallik holatlarining aniqlanişi esa statsionar şaroitda karantinga olinganlar orasida uy şaroitida karantinga olinganlarga qaraganda köproq kuzatilmoqda», dedi Nurmat Otabekov.

Ma'lum qilinişiça, karantin boşlangandan buyon, 27 aprel holatiga köra, Davlat inspeksiyasi, IIV, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan niqob taqmagan va karantin rejimini buzgan, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilmagan 71 028 kişiga bayonnoma tuzildi va ular 45,8 milliard söm jarimaga tortilgan. Şundan 14 milliard söm undirilgan.

Kelib tuşgan mablağning 50 foizi davlat budjetiga yönaltirildi, qolgan 50 foizi IIV budjetiga tuşgan.

Bundan taşqari, Nurmat Otabekov Özbekistonda 13ta yuqumli kasalliklarga qarşi emlaş tadbirlari amalga oşirilişi va haqida ma'lumot berdi.

«Emlaşlar orasidagi intervalni buziş immun tarangligini vujudga keltirişga salbiy ta'sir körsatadi. Şuning uçun karantin davrida ham emlaş işlari davom etmoqda. Fuqarolar emlaş tadbirlarida karantin qoidalariga rioya qilgan holda qatnaşişlari zarur», dedi Nurmat Otabekov.

Karantin tadbirlari bilan qamrab olinganlar:

  • xorijiy davlatlardan kelib yangidan qöşilayoganlar;