Özbekiston meteorologik stansiyalari ma'lumotlariga köra, bu tumanlarda şamolning tezligi sekundiga 22-25 metrgaça yetdi, Qoraköl tumanida (Buxoro viloyatining janubi) şamolning şiddati sekundiga 30 metr, Navoiy tumanida 35 metrni taşkil qildi.
«Özgidromet» xabariga köra, uşbu tabiiy ofatga xorijiy janub hududi ustida şakllangan siklon sabab böldi. 27 aprel keçqurun sovuq siklon fronti Özbekistonning Turkmanistonga tutaş janubi-ğarbiy tumanlaridan ötdi.
Atmosfera fronti zonasida ikkita — kunduzi 34-37 darajagaça qizigan issiq va sovuq siklon fronti ortidagi salqin havo oqimlari töqnaşdi, bu holat havoning yuqoriga kuçli harakatlanişi uçun barça şaroitlarni yaratdi hamda momaqaldiroq va şiddatli şamolning rivojlanişiga olib keldi.
«Özgidromet» sinoptiklari 27-29 aprel kunlari Özbekiston hududi böylab ob-havoning beqaror bölişini kutişgan - ob-havo ma'lumotlarida şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi va vaqti-vaqti bilan momaqaldiroqli yomğir yoğişi körsatildi. Xususan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida bu hodisalar 27 aprel kuni keçqurun va 28 aprel kuni keçasi kutilgan edi.
Özbekiston hududining katta qismida şamolning kuzatilgan tezligi 15-20 m/s atrofida böldi. Biroq, Buxoro va Navoiy viloyatining ayrim tumanlarida şamolning tezligi prognoz qilingan qiymatlardan yuqori böldi.
«Şamol şunday ekstremal tezlikka erişişini oldindan prognoz qiliş mumkinmidi? Afsuski, barça ob-havo hodisalarini, şu jumladan xavfli hodisalarni oldindan biliş qiyin. Bir joyning özida yuzaga keladigan kiçik hududlarni qamrab olib juda tez rivojlanadigan lokal (mahalliy) hodisalarni prognozlaş juda murakkab hisoblanadi. Har xolda turli jahon ob-havo markazlarining hisob-kitoblariga köra ham 27-28 aprel kunlari şamolning tezligi sekundiga 20 metrdan yuqori bölişi kutilmagan edi. Balki hisob-kitoblarning bunday natijasi pandemiya davrida yuzaga kelgan ma'lumotlar yetişmasligi sababli bölişi mumkin, çunki bugun dunyoda kuzatilayotgan pandemiya davrida meteorologik ma'lumotlar hajmi bir neça marta kamaydi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida şamol kuçining sekundiga 30-35 metrgaça yetişi, albatta, juda kam uçraydigan hodisa. Lekin bu anomal holat degani emas. Xususan, 2019 yilda Navoiyda şamol tezligining 35 m/s ga yetganligi ikki marta qayd etilgan. Qoraköl meteostansiyasida 1981 yil may oyida şamolning tezligi 40 m/s bölgani qayd etilgan.
Yana şuni ham e'tiborga oliş kerakki, şiddatli şamollar meteostansiyalar yöq bölgan rayonlarda yuzaga kelgan holatlar ham kuzatiladi, bunday holatda ular şuning uçun meteokuzatuvlar tarixida qayd etilmaydi», - deyiladi ma'lumotda.


















