Ekspertlar koronavirus pandemiyasi qancha vaqt davom etishini aytishdi
Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, inkubatsion davri uzoqligi va simptomsiz xususiyatlari bois "COVID-19 grippdan ko‘ra tezroq tarqaladi".
COVID-19 pandemiyasi ikki yil davom etishi mumkin, deb hisoblamoqda Minnesota universiteti qoshidagi yuqumli kasalliklarni o‘rganish markazi ekspertlari.
"Oxirgi pandemiyalardan kelib chiqib, ushbu pandemiya 18 oydan 24 oygacha davom etishi mumkinligini aytish mumkin. U aholining 60-70 foizi immunitetga ega bo‘lmagunicha to‘xtamaydi", - deyiladi markaz saytida.
Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, inkubatsion davri uzoqligi va simptomsiz xususiyatlari bois "COVID-19 grippdan ko‘ra tezroq tarqaladi".
"Pandemiya yakunlanishi uchun juda ko‘plab odamlar bu kasallikka chalinishi va immunitet hosil qilishi kerak", - deyiladi mualliflar tomonidan.
JSSTning ma'lum qilishicha, butun dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 3,1 millionga yetgan, 217 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022