Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sardoba suv omboridan suv çiqişi böyiça birlamçi ma'lumot berdi.
Birlamçi ma'lumotlarga köra, 2020 yil 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylaşgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv çiqişi yuzaga kelgan. Natijada, Sardoba tumani Qörğontepa aholi yaşaş punktiga suv kirgan.
“Mazkur vaziyat böyiça zudlik bilan Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat quyi tizimiga kiruvçi taşkilotlar bilan hamkorlikda Qörğontepa aholisini “Birlik” mahallasiga vaqtinça evakuatsiya qiliş işlari olib borilmoqda.
Şuningdek, suv bosişi xavfi mavjud bölgan aholi punktlarini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qiliş işlari olib borilmoqda. Holat, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan töliq nazoratga olingan.
Vaziyat yuzasidan qöşimça ma'lumotlar berib boriladi”, - deyiladi vazirlik xabarida.


















