
«Niğmatilla Yöldoşev bu heç kim kutmagan holat bölgani, odamlar turmuşi, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarga salbiy ta'sir qilganini afsus bilan qayd etdi», deb ma'lum qildi Yangiyer şahar hokimligi axborot xizmati.
«Xalqimiz hamjihat bölib, bunday sinovlarni köp yengib ötgan. Bu safar ham zarur çora-tadbirlar körilib, talofat oqibatlari tezda bartaraf etiladi. Eng katta qilgan harakatimiz – odamlarni ehtiyot joylarga köçiriş edi va bunga qurbonlarsiz erişdik. Muhimi, ruhni tuşirmay, birgalikda kuraşsak, bu qiyinçiliklarni yengamiz», degan Boş prokuror.



Ta'kidlanişiça, Yöldoşev aholiga har tomonlama qulayliklar yaratiş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar bergan, jamoat xavfsizligi yuzasidan tezkor çora-tadbirlar belgilangan.



Eslatib ötamiz, toşqin oqibatida Mirzaobod tumanidan 2 mingdan ortiq kişi Yangiyer şahriga evakuatsiya qilingan. Jumladan:
- Pedagogika kolleji yotoqxonasiga 700 nafar,























