Tashkent Pharma Park – öz içiga Farmatsevtika texnik universiteti va sanoat zonasini olgan innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasteri. Klasterni Toşkent viloyati Qibray tumanida joylaştiriş rejalaştirilmoqda.
Norma’ning yozişiça, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi farmklasterni taşkil etiş loyihasini moliyalaştiriş uçun 50 mln dollargaça ajratadi. Qarzdor - Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi. Qarzni söndiriş va unga xizmat körsatiş bilan boğliq xarajatlar klaster hududidagi obektlarni sotiş va binolarni ijaraga berişdan tuşgan tuşumlar, Farmatsevtika tarmoğini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamğarmasi hamda qarzdorning boşqa tuşumlari hisobidan amalga oşiriladi.
Birinçi navbatdagi obektlar qurilişini mamlakatimiz Boş vaziri rahbarligidagi maxsus işçi guruh taşkillaştiradi. Işçi guruh loyihaviy takliflarni körib çiqadi, boş pudratçilarni tanlaydi, qurilişning borişi va mablağlardan samarali foydalanilişi ustidan nazorat qiladi. Tashkent Pharma Park direksiyasi (loyihaning ijro etuvçi organi) qurilayotgan obektlar böyiça asbob-uskunalar, tovarlar, işlar va xizmatlarni qabul qilib oliş uçun mas'ul hisoblanadi.
Moliyalaştiriş işçi guruhning qaroriga binoan parallel ravişda quyidagilarni ekspertizadan ötkazgan holda amalga oşiriladi:
loyihani - Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligining tarmoq Ilmiy-texnik kengaşida;
loyiha-smeta hujjatlarini - Quriliş vazirligida;
zamonaviy import asbob-uskunalar va texnologiyalar, quriliş materiallari, butlovçi buyumlarni xarid qiliş böyiça import kontraktlarini - Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazida.
Hujjat 29.04.2020 yildan kuçga kirdi.

















