«Işlaylik desak - iş, uyga qaytaylik desak - samolyot yöq». BAAda qolgan 2 mingga yaqin özbek qiyin ahvolda
|03:40 / 02.05.202039 81712 min
Kun.uz muxbiri Birlaşgan Arab Amirligida işidan ayrilgan, begona yurtda turarjoy va yeb-içiş uçun pul topolmay qiyin ahvolda qolgan, tezroq Özbekistonga qaytişga köz tikib turgan vatandoşlar bilan suhbatlaşdi.
Elmurod Karimov:
— Dubay şahriga 2020 yilning 8 fevral kuni kelganman. U paytda Xitoydan boşqa davlatlarda hali virus tarqalmagan edi. Bu darajada bölib ketişi xayolimizga ham kelmagan. Fevralning oxirlari, martning 5–10-kunlarida karantin boşlandi, savdo joylari birin-ketin yopila boşladi. Iş izlagani ofislarga borardik, ular bizga rad javobini bervorişardi. 20 martga borib umuman uydan çiqolmay qoldik. Turistik viza bilan kelgandim, karantin çeklovlari joriy etilgunça kvartiraga, köçada yurişga, u ofisdan bu ofisga borişga deyarli bor pulimni sarflab bölgan edim. Dubay esa har taraflama qimmat şahar.
Elmurod Karimov
Ustiga ustak, bu yerda xastalanib qoldim. Belimda ozgina oğriq bor edi, uni bee'tibor qoldirdim. Vaqt ötişi bilan oğriq juda kuçayib ketdi. Bu yerda klinikaga borsangiz, tibbiy suğurtangiz bölsagina sizni qabul qilişadi. Bölmasa, tibbiy xizmat uçun yo köp pul tölanadi, yoki kompaniya tomonidan işçilariga tibbiy yordam körsatiladi. Şu narsada muammoga uçradim. Menda tibbiy suğurta yöq, davolana olmadim.
Sönggi vaqtlarda oğriq juda kuçayib ketdi. Misol, Özbekistonda bölsam, bir hafta davolanişni içida bu bartaraf bölardi. Kasalxonalar qabul qilmagani, ular bizdan juda ham qimmat bölgani sababli, dorixonalarda biz izlagan dorini topişning iloji bölmayapti. Hozir oğriq juda ham kuçaygan, harakatlanişim qiyin bölib qoldi. Taniş, döstlarimdan kvartira, boşqa xarajatlarga pul qarz olgandim. Ular ham tugadi. Qayta qarz söraşga odam uyaladi, qolaversa, ular ham hozir zör ahvolda emas.
Xudoga şukur, yonimizda şeriklar bor. Yordam berişyapti, qarab turişmayapti. Birga röza tutyapmiz. Hamma xarajatlarni ular kötarişyapti, hatto kvartira haqigaça.
Menga öxşab turistik viza, işçi vizasi bölganlar juda köp. Yurtboşimizdan, hukumatimizdan iltimos qilamiz, charter reyslar yölga qöyib berilsa, uyga borsak. Bu mamlakat turizmga moslaştirilgan. Koronavirus tarqalişni boşlagaç bu yerdan köpçilik çiqib ketdi, Dubayda iqtisodiyot juda ham pastlagan. Ya'ni, bir iş topişga hozirça umid yöq. Çunki bir neça yillardan beri işlayotgan bolalar ham allaqaçon işlaridan ayrilişgan yoki bölmasa, oyligining 30 foizinigina olişyapti. Bu pul nimagayam yetardi? Bu jon saqlab turişgagina yetadi xolos,
Mavzuga oid
Nigora Rözmetova:
— 6 mart kuni Dubayga kirib kelganman. 15 martda qaytib ketişimiz kerak edi. Qolib ketdik. Mana, ikki oydan beri mana şu yerdaman. Atigi ön kunga kelgan edim. Ançadan beri bolalarimni körmagandim, şu yerda işlaşadi, ularni köriş uçun turistik viza bilan kelganman.
Ança kasalliklarim bor. 36 yildan beri qon bosimim bor, 22 yildan beri qand kasalligim bor. Endi miyamda ösma ham paydo bölgan, öşaniyam körsatib ketmoqçi edim. Kelganimizdan keyin bu yerda karantin böldi. Kasalxonalar ham bemorlarni qabul qilmadi, döxtirlar körigidan ham ötolmadik.
Qand kasalligim borligi uçun oyoğimda “diabetik tovon” bor. Bu degani barmoqlarda qon aylaniş umuman bölmaydi. Öşa qon tomiri yorilib, hozir örnimdan turib yurolmaydigan bölib qolganman. Özim 2-guruh nogironiman. Bir yarim oydan beri balkonga ham çiqolmay ötiribman. Ahvolim oğir.
Nigora Rözmetova
Bolalarimning ham hozir işi yöq, uyda ötirişibdi. Yeyişning bir ilojini qilib, Allohning berganiga şukr qilib ötiribmiz. Qiynalgan joyim — menda kistalar, mioma bor, öt pufagimda kattagina toş bor. Buyragimda nefropatiya boşlangan — şulardan qörqaman. Agar bu yerda qoladigan bölsam, operatsiya qilişga pulim ham yöq. Oyoğimni kesişga töğri kelib turibdi.
Kuyovim keliş uçun çiptalarimni olib bergandi, hali ketişimga çipta olişlari kerak. Bolalarim ham qiynalib qolişdi. Bir oyda içadigan dorim Özbekistonda juda borsa 250 mingdan 300 ming söm bölardi. Sakkiz xil dori içaman, bu yerda 680 dollarga olib kelişdi. Juda ham qiynalib qoldik.
Duşmanimga ham ravo körmayman bu kunlarimni. Endi Özbekiston çegarasidan Qozoğistonga ham ötmayman, deb qasam içib ötiribman. Boşqa heç qanaqa muammoni aytmayman, hammasiga çidayman: mayli oçlikka ham, yöqlikka ham çidayman. Uyimga bir iloj qilib yetib olsam böldi. Şifokorlarim meni biladi, men şifokorlarimni bilaman. Meni 30 yildan buyon davolayotgan şifokorlarim bor. Agar hozir bu yerda oyoğimni kesadigan bölsa, bu ikkinçi marta kesilişi böladi. Şuning uçun nima qilişni bilmasdan qörqib ötiribman. Bir iloj qilib olib ketişsa, minnatdor bölardim.
Bitta men bölsam mayli, biz yaşaydigan uyda ketişi kerak bölgan yoş bolaliklar, homilador ayollar ham bor. Ular ham rosa qiynalib, hatto yeyişlariga ham narsa yöq. Hammamiz musulmonmiz, u bu narsasiga, heç bölmasa, yeydiganlarini olib kelib, yordam berib turişibdi. Şunga ham rozi. Lekin homilador ayol uyiga borişi kerak. Prezidentimizdan iltimos qilib söraymiz, iloj qilib, bizni olib ketsinlar. Şikoyat qilaveradigan ayol emasman, lekin hozir sindik desak böladi. Dardim tufayli qiynalib yotibman. Agar iloji bölsa, charter reys qöyişsin, iltimos.
Ğolib Töraqulov:
— Bu yerda ayolim bilan ikki yildan beri işlaymiz. Uşbu epidemiya tufayli katta zarar kördik. Çunki men restoran sohasida, ayolim savdo sohasida işlaymiz. Dubayda hamma narsa turizmga boğliq. Turistlar kelmasa, restoranlar, savdo markazlari hammasi yopiladi. Şu sababli restoranlarda 1-2 odamni olib qolişdi-da, qolganlarni işdan böşatib yuborişdi.
Ğolib Töraqulov
Bu yerda 6 oy savdo yaxşi böladi, 6 oy esa yöq. Masalan, hozir öşa “ölik” mavsum boşlanyapti. Şu sababli köpçilik turistlarning bu yerga kelişi kamayadi. Ular asosan noyabrdan aprelgaça bölgan davrda kelişadi. Yozda juda isib ketadi. Şu sababli biz hozirgi kunda 15 martdan işsiz qolgan er-xotinlardan bittasimiz. Dubayda er-xotin birga yaşaşi qimmat. Bir xonali uyning eng arzoni bu yerda 700-800 dollar bölişi mumkin. Şu sababli ijara tölovidan juda ham qiynalib qoldik.
15 martdan buyoğiga oylik olmayapmiz, pulsizmiz. May oyi boşlanyapti, may oyi uçun ham kimdandir qarz söradik. Şu sababli elçixonadan yordam söradik, ular kerakli ma'lumotlarni berişdi. Bu yerdagi yaqinlarimizdan ham pul söraşga uyalamiz, çunki ularning ahvolini körib turibmiz. Ularda ahvol tang. Ikki mingdan ortiq özbek muhojirlari bölsa deylik, şulardan 15 foizi er-xotinlar. Xotin, bola-çaqasini olib kelgan ham bor, er-xotin birga kelib faqat erkagi işlaydiganlar ham bor. Ularning köpçiligi işsiz qolgan.
Özbekistondagi aka-uka, qarindoşlarimizdan pul söraylik desak, ularda ham vaziyat yaxşi emas. Amerikadagi qarindoşimdan pul sörasam ham vaziyat bir xil. Çunki u yerda ham, bu yerda ham şu narsa bor. Örtaça yaşaş narxi bu yerda kişi boşiga tört yuz dollar. Bu ijara narxi va yeb-içiş xarajatlari. Özbekistonda tört yuz dollarga tört oy yaşaşimiz mumkin.
Şu sababli biz ahvolimizni yengillaştirişni iltimos qilardik. Hozir qaytadan işga qabul qilinişimiz ham amrimahol. Çunki hamma joy yopiq. Turist yöq, turist yöq bölgani sababli heç kim işga olmayapti. Bu holat noyabrgaça davom etişi mumkin, çunki bu yerda mavsum noyabrda boşlanadi. Öşa vaqtgaça heç kim işga olmaydi. Yuzlab odamlar qiyin ahvolda qolişdi.
Ravşan Sunnatillayev:
— Telegram’da BAAmirligidagi özbeklar jamoasining eng katta guruhlaridan birini oçganmiz. Hozir guruhimizda ikki mingtaga yaqin odam bor. Haqiqatan pandemiya tufayli işsiz-pulsiz qolganlar juda köp. Köpçilik mendan yordam, maslahat sörab yozgan.
Misol uçun, bitta andijonlik ukamiz Özbekistondagi qaysidir agentlikka iş topiş uçun 800 dollar pul tölab, çiptalariga ham xarajat qilib, endi restoranga ofitsiant bölib işga kirgan ekan. Ofisiantlarni oyligi taxminan 350-400 dollar. Boring, 500 dollardir, undan ortiq emas. Ana şunday işga joylaşgan ekan, işga kirganiga bir oy bölmagan. 20 kunda biz senga viza berolmaymiz, negaki, BAA davlati epidemiya sababli viza bermayapti, deb işdan böşatib yuborişibdi. Endi u bolaning yaşaşiga joyi yöq, yeyişga noni yöq. Konsulligimizga rahmat, öşa bolamizga ham, boşqa qiynalganlarga ham yordamlari tegibdi.
Ravşan Sunnatillayev
Yana ikkita turist qiz bor edi. Ular yetti kunga kelişgandi. Aynan şu karantin paytiga tuşib qolişdi. Öttiz kundan beri şu yerda. Keta olişmayapti. Yeb-içişga daromadi, heç narsasi yöq. Yana bir yurtdoşimiz menga aloqaga çiqdi. U ayoli 8 oylik homilador ekanini aytdi. “Nima qilişga boşim işlamayapti, qanday harakat qilaman?” deyapti. Çunki tuğiş uçun bu yerda 10 ming dollar kerak. Bu gospitalga tölanadigan mablağ. “Işimni yöqotgan bölsam, ayolimga qanday qilib bunday şaroit yaratib beraman, Özbekistonga Qozoğiston orqali ketsam bölmaydimi, yoki boşqa yöllari yöqmi?” dedi. Xullas, bunday murojaatlar köp bölyapti.
Umumiy aytmoqçi bölgan gapim – Özbekiston Respublikasining mutasaddi idoralari rahbariyatga, Transport vazirligiga, eşitişimça, Vazirlar Mahkamasida taşkil qilingan maxsus komissiya bor ekan, ular xorijiy davlatlarda qiynalib qolgan yurtdoşlarimiz uçun charter reys taşkil qiliş rejalarini tuzişayotgan ekan. Sizlardan iltimos: BAAdagi biz özbeklarning, yurtdoşlarimizning ham vaziyatini örganib çiqinglar. Nimagaki, BAAda yaşaş birinçidan, nihoyatda qimmat, ikkinçidan, işini yöqotgan odamlar masalan, Rossiyadagi kabi bitta xonada 2-3 kişi bölib yaşab ketiş iloji yöq. Bu yerda unday mumkin emas.
Köçaga çiqib, öziga boşpana topay desa, pandemiya davrida davlat tomonidan qöyilgan katta jarimalar bor, masalan, niqobsiz yurgan odamga ming dirham jarima. Ming dirham — 270 dollar. Bu yerda yaşab ketiş yölini topişning iloji yöq. Rossiyaga borganlarning özlari hujjatlarini tayyorlaşadi, bu yerda iş beruvçi hujjat qilib beradi. Eng kamida 2 ming dollar ketadi. Tabiiyki, iş beruvçilarning özini işi yurmaganidan keyin bu heç kimga qiziq emas. Oçiqdan-oçiq böşatib yuborişdi.
Hozir BAAdagi 1800–2000 ga yaqin özbek muhojirlari ketiş ilinjida turibdi. Işini yöqotmay ötirganlari ham bor, atigi 5 foiz. Qolgan 95 foiz odam vatanga ketmoqçi.