Şu sababli Sardoba va Oqoltin tumanlaridan evakuatsiya qilingan aholining 300dan ortiği Jizzax viloyati içki işlar boşqarmasi xodimlarining şaxsiy taşabbusi bilan ularning xonadonlariga joylaştirilgan.

«Mehmonlar yotoq joy, issiq oziq-ovqat hamda boşqa kundalik zaruriy aşyolar bilan töliq ta'minlangan», – deyiladi xabarda.

Vaziyatni hisobga olgan holda aholini tinç hududlarga evakuatsiya qiliş tadbirlarini taşkillaştiriş böyiça Jizzax viloyati IIB huzurida tezkor ştab taşkil qilingan.

Evakuatsiya qilinayotganlar asosan Mirzaçöl, Döstlik, Arnasoy, Paxtakor, Şarof Raşidov tumanlari hamda Jizzax şahridagi maktab, kollej, xususiy korxonalar hamda aholi xonadonlariga joylaştirilmoqda.

Qöşimça qilinişiça, qutqaruv işlari uçun Arnasoy tumani IIB xodimlari tomonidan 15dan ortiq motorli qayiqlar yetkazilgan.

Foto: Jizzax viloyat IIB

Ma'lumot uçun, ayni paytda köplab viloyatlardan Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga oziq-ovqat, kiyim-keçak, körpa-yostiq kabilar, quriliş materiallari yuborilmoqda.