Jumladan, Urgut tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan katta hajmli yuk avtomaşinalariga toş va şağallar ortilib, Sardoba suv omboriga haşar işlariga jönatildi.
Bulunğur va Jomboy tumanlari hududidan esa yuk maşinalariga beton bloklari yuklandi. Jami yuk maşinalari soni 100tani taşkil etadi.




Şuningdek, Samarqand viloyatidan falokatdan jabr körgan sirdaryoliklar uçun zaruriy mahsulotlarning ham dastlabki yordam yuki jönatildi.
Insonparvarlik yordami sifatida Sardoba tumani aholisiga 5 tonna kartoşka, 2 tonna sabzi, 2 tonna piyoz hamda 500 dona issiq kiyim, 200 dona rezina etik, 200 turdagi dori-darmon, 2ta katta qayiq va 20dan ziyod harbiy dala palatkalar jönatildi.




2 may kuni esa Samarqand viloyatining barça şahar va tumanlaridan suv toşqinidan jabr körgan sirdaryoliklarga qişloq xöjalik va oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-keçak va uy-rözğor buyumlari jönatilişi rejalaştirilgan.

















