Karantinga olinganlarning 9 nafari ayollar, qolgan 20 nafari erkaklardir. Ular orasida 9 nafar bolalar ham bor.

Tibbiyot guruhi rahbari, infeksionist Sayyora Ibragimova karantinga olingan fuqarolarning tibbiy nazorati qanday taşkil etilgani haqida ma'lumot berdi.
«3 apreldagi şoşilinç xabarnomaga muvofiq, Qöşrabot tuman tibbiyot birlaşmasi yuqumli kasalliklar bölimiga koronavirusga çalingan bemor bilan muloqotda bölgan 29 nafar fuqaro karantinga joylaştirildi. Ularga 8 kişilik tibbiyot xodimlari guruhi biriktirildi.

Karantinning ilk sutkasidan boşlab ulardan namuna-tahlillari oldik. Barçasi manfiy çiqdi. Kuni keça yana namuna-tahlillari olingandan keyin ham şu natija qayd qilindi. Mana, bugun karantinning oxirgi kuni (videoreportaj 16 aprel kuni yozib olingan). Ularga uylariga ketişlari uçun javob beramiz», deydi Sayyora Ibragimova.

Karantin hududida odatda kun fuqarolarning tana haroratini ölçaş, uni qayd qiliş daftariga yozib qöyişdan boşlanadi. Söng ularga tozalik va şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilişlari böyiça tavsiya beriladi.

Tuşlik soat 13:00da. Taomlar tibbiyot birlaşmasi oşxonasida tayyorlanib, karantin hududiga yetkazib beriladi. Tibbiyot xodimlari avval karantinga olinganlarga ovqat tarqatib, söng özlari ovqatlanişadi.

Sayyora Ibragimovaning aytişiça, bu yerda şifokor, hamşira, farroşlar – heç kim işdan qoçmaydi, hamma bir-biriga yordam beradi. Buni tuşlik tarqatilayotgan manzarani körib ham guvoh bölişingiz mumkin. Tibbiyot guruhidagilar, ya'ni boş şifokordan tortib farroşgaça – hamma tuşlikni palatalarga tarqatişga kirişib ketişdi. Kimdir ovqatni kosalarga suzsa, yana kimdir çoy damlayapti. Hammaga issiq ovqat tarqatilgaçgina şifokorlar özlari tamaddiga ötirişadi.




















