«Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi prezidenti farmoyişi qabul qilingan. Bu haqda «Yuksaliş» umummilliy harakati xabar bermoqda.

Farmoyişga köra, 2020 yilning 27-28 aprel kunlari Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofatdan zarar körgan aholiga har tomonlama tezkor yordam körsatiş maqsadida hukumat komissiyasi taşkil etilgan va unga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • yetkazilgan zarar va yöqotişlar miqdorini aniqlaş va baholaş;
  • fuqarolarga vaqtinça turar joy, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va boşqa yordamlar körsatiş;
  • ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik, transport va energetika infratuzilmasini va boşqa hayotiy muhim obektlar va tizimlarni işçanlik holatiga keltiriş;
  • quriliş-tiklaş işlariga zarur böladigan quriliş materiallarini miqdorini aniqlaş va ularni yetkaziş;
  • qişloq va örmon xöjaligiga yetkazilgan zararni va yöqotişlar örnini qoplaş, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tiklaş
  • qisqa muddatlarda nobud bölgan ğalla va paxta maydonlariga boşqa turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlarini ekiş.

Hukumat komissiyasi 3 kun muddatda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça kompleks çora-tadbirlar rejasini işlab çiqadi.

Yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş işlariga davlat budjetidan 100 mlrd söm ajratiladi.

Paxta-töqimaçilik klasterlari va fermer xöjaliklari tomonidan zarar yetgan ğöza maydonlariga qilingan xarajatlar va ğalladan olinmaydigan hosil örnini qoplaş çoralari köriladi.

10 kun muddatda Olot tumani aholisiga qulay şart-şaroitlar yaratiş, tuman markazini yana obod qiliş maqsadida köp qavatli uy-joylar, madaniy-maişiy hamda boşqa ijtimoiy obektlar quriş böyiça taklif işlab çiqiladi.

2 hafta muddatda Olot va Qoraköl tumanlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan taklif işlab çiqiladi.

Barça çora-tadbirlar koronavirus infeksiyasi tarqalişi munosabati bilan joriy qilingan karantin tartib-qoidalariga qat'iy rioya etilgan holda amalga oşiriladi.