Farğona viloyatining Qöştepa tumanida faoliyat yurituvçi «Olimboy hoji» fermer xöjaligi rahbari, çorvador Abdumannob Qosimov va Qöştepa tumani hokimi Ilyos Novikov örtasidagi deyarli ikki yildan beri davom etib kelayotgan nizo haqida Kun.uz sahifalarida yoritilmoqda.
29 aprel kuni sayt orqali çet eldan naslli qoramollar olib kelib boqayotgan fermerning mavjud yerlarini tuman hokimligi tomonidan sud orqali olib qöyilgani haqida maqola e'lon qilingan edi.
Uşbu maqolada kötarilgan muammoli holat yuzasidan Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi öz munosabatini bildirdi.
«Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasiga Farğona viloyati Qöştepa tumani hokimligi va tumandagi qoramolçilikka ixtisoslaşgan «Olimboy hoji» fermer xöjaligi örtasidagi nizoli vaziyat qariyb bir yildan beri ma'lum.
Xöjalik rahbari A.Qosimov qömitaga murojaat qilib, masalani ijobiy hal qilişda yordam söragan.
Natijada «Özbekçorvanasl» agentligi mutaxassislari tomonidan masala tegişliça örganilib, hokimiyat vakillari va fermer xöjaligi rahbariga çorvaçilik sub'yektini taşkil etiş, boşqariş, naslni yaxşilaş va qoramollarning mahsuldorligini oşirişda ozuqaning ahamiyati hamda çorva uçun ozuqa yetiştirişga möljallangan yer maydonlari zarurligi, şuningdek, intensiv usuldagi çorvaçilik sub'yektlarining samaradorligi xususida tavsiyalar berilgan.
Ta'kidlaş kerak, çorvaçilik sub'yektlariga yer maydoni ajratişda Özbekiston respublikasi qonunlariga köra, mahalliy hokimiyat va yer resurslari bilan şuğullanuvçi davlat idoralari vakolatli organ hisoblanadi!
Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi Farğona viloyati Qöştepa tumani hokimligidan va uning timsolida barça mahalliy hokimiyat vakillaridan bugungi pandemiya şaroitida xavfsiz va sifatli çorva mahsulotlari yetiştirayotgan, şuningdek aholini iş bilan ta'minlayotgan çorvaçilik sub'yektlariga har tomonlama kömaklaşişni söraydi», deyiladi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi axborot xizmati Kun.uz’ga taqdim etgan axborotda.
Şuningdek, qömita vakilining ma'lum qilişiça, Qöştepa tuman hokimligi va «Olimboy hoji» fermer xöjaligi örtasidagi vaziyat va çet eldan keltirilib boqilayotgan çorva mollarining ahvolini örganiş maqsadida qömita mas'ul xodimlaridan iborat işçi guruhi Qöştepa tumaniga yuborilgan.

















