Farğona viloyatining Qöştepa tumanida faoliyat yurituvçi «Olimboy hoji» fermer xöjaligi rahbari, çorvador Abdumannob Qosimov va Qöştepa tuman hokimi Ilyos Novikov örtasidagi nizoli vaziyat deyarli ikki yildan beri davom etib kelmoqda.

Çorvador va mansabdor örtasida uzoq davom etgan bu «jang»da tuman hokimining «qöli baland» kelib turibdi. Oliy sudda «mağlubiyatga uçragan» hokim tadbirkorni ta'qib qilişni davom ettirdi va qaysidir ma'noda öz maqsadiga erişdi ham.

Hokim qanday qilib fermer bilan qasdlaşib qolgani haqidagi yaqin ötmişni yodga olamiz.

 Çet eldan naslli qoramol olib kelib baloga qolgan çorvador...

2019 yil 15 mart kuni Kun.uz saytida Farğona viloyati Qöştepa tumani hududida faoliyat yurituvçi «Olimboy hoji» çorvaçilik fermasidagi muammolar haqida ilk maqola e'lon qilindi.

Unda fermer xöjaligi manzilli dastur asosida 2018 yili Germaniyadan, har birining narxi 2070 yevro bölgan 99 boş naslli qoramol olib kelgani, biroq tuman hokimligi tomonidan ozuqa yetiştiriş uçun giyoh ham ösmaydigan, nobop yer maydoni berilgani, buning oqibatida ozuqa-yem taqçilligi yuz berib, qoramollar nobud böla boşlagani bayon qilingan edi.