Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada 46 mahbus qochishga urinish vaqtida otib tashlandi
Venesuelaning Guanare shahridagi mahalliy turmada yuz bergan to‘qnashuvlar vaqtida 46 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar jarohat oldi.
Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Los-Lyanos axloq-tuzatish markazida mahbuslarning qochishga urinishi vaqtida 46 mahbus soqchilar tomonidan otib tashlangan, noma'lum sondagi kishilar jarohat olgan.
Voqea oqibatida turma xodimlari ham jabr ko‘rgan, jumladan turma rahbari Karlos Toro bir nechta pichoq jarohati olgan.
Mahalliy shifoxonada yaralanganlar ko‘pligi sababli tibbiy qurilmalar va donorlik qoni taqchilligi yuzaga kelgan. Ta'kidlanishicha, shu sababli qurbonlar soni oshishi mumkin.
Huquq-tartibot idoralari turmada yuz bergan tartibsizliklar tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026