Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari Akmalxon Ortiqovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining 1 maydagi Farmoyişiga asosan taşkil etilgan hukumat komissiyasi barça yönalişda talafot kölami va qiymatini aniqlamoqda. Xususan aholining zarar yetgan uy-joylari va noturar binolari miqdori aniqlaştirilmoqda hamda yakuni böyiça baholanadi. 

«Favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etiş, jumladan hodisa oqibatida jabrlanganlar va ularning oila a'zolariga moddiy yordam körsatiladi. Bu tadbirlarga respublika budjetidan dastlabki 100 mlrd.söm ajratildi», – deydi Ortiqov.

Qayd etilişiça, aholi talabidan kelib çiqib Quriliş vazirligi tomonidan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida köp qavatli uy-joylar qurilişi uçun yer uçastkalarini tanlaş va  loyiha-smeta işlari boşlangan. 

«Zamonaviy aholi punktlarida ijtimoiy soha (boğça, maktab, soğliqni saqlaş, madaniyat va boşqa muassasalar) va bozor (minimarket, novvoyxona, tikuvçilik sexi, kimyoviy tozalaş, hammom, avtotransport vositalarga servis körsatiş va boşqalar)  infratuzilmasi töliq yaratiladi», – deya qöşimça qilgan vazir örinbosari. 

Bundan taşqari, mazkur yangi aholi punktlarida muhandislik-transport kommunikatsiyalari barpo etiladi.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatiga köra, tabiiy ofatdan jabr körgan sirdaryoliklarga yordam beriş uçun viloyat budjetidan 5 milliard söm ajratilgan.