Janubiy Koreyada koronavirus epidemiyasi sababli fevral oyining so‘nggi haftasidan boshlab masjidlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi. Shuningdek, 5 mayga qadar juma va taroveh ibodatlarini masjidlarda ado etish va iftorlik marosimlari o‘tkazishga cheklov qo‘yilgandi.
Endilikda, 6 maydan boshlab, qator talablarga rioya etgan holda juma va taroveh namozlarini jamoat bo‘lib o‘qishga ruxsat berildi.
Bunda:
- masjidga kirishda qo‘llarni antiseptik vositalari bilan tozalash,
- tibbiy niqobda bo‘lish,
- masjid ichida ham bir metrlik masofa saqlash,
- masjidga kirishda belgilangan ro‘yxatga ism-familiyalarini yozishlari talab etiladi.
Bu talablarga amal qilmaganlarga masjidga kirishga ruxsat berilmaydi.
Xabarda qo‘shimcha qilishicha, bu yil Koreyada zakot miqdori bir kishi uchun 7 ming von (taxminan 6 dollarga yaqin) etib belgilangan.
Ma'lumot uchun, Janubiy Koreyada 10800 dan ortiq kishiga Covid-19 tashxisi qo‘yilgan, shundan 9300ga yaqin bemor tuzalib, 254 kishi vafot etgan.
So‘nggi ikki haftadan beri kunlik zararlanishlar soni o‘rtacha 10tadan kamroqni tashkil etmoqda.


















