Nega o‘zbek jamiyatida lavozim egalariga nisbatan ishonchsizlik yuqori?
Nega o‘zbek jamiyatida lavozim egalariga nisbatan ishonchsizlik yuqori? 👉 https://kun.uz/21136827
Posted by
on Tuesday, May 5, 2020
«Buning sabablari bir nechta. Asosiy sabablardan biri, fuqarolar birinchi to‘siqni o‘zining muammosini yechishga, so‘zini eshitishga mas'ul bo‘lgan mahalliy rahbarlardan ko‘radi. Ular odamlarni eshitishga qiziqish bildirmaydi.Bu rahbar lavozimidagi insonni biror-bir oilaga kirib kelayotganda va aholiga murojaat qilayotgandagi muomalasidan yaqqol ko‘rinadi», – deydi ko‘p yillardan buyon rahbarlik lavozimlarida ishlab kelayotgan Elmira Bositxonova.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, ba'zi rahbarlar muomala madaniyati va hattoki salom berish va salomga alik olish odobini ham bilmaydi.
«Misol uchun men ba'zi rahbarlar fuqarolarning bergan salomiga alik olmaganini ham ko‘rganman. Mana fuqarolarning rahbarga bo‘lgan keskin va salbiy munosabati nimadan boshlanadi», – dedi u.

Fuqarolarda rahbarlarga bo‘lgan ishonchning tushishi va nafrat shakllanishida keyingi bosqich rahbarning fuqaro bildirayotgan muammoga e'tiborsizlik va hurmatsizlik bilan javob qaytarishida yuz beradi. Bositxonova ko‘p yillar davomida ildiz otib ketgan shu kabi holatlarni yo‘qotish maqsadida prezident Shavkat Mirziyoyev xalq bilan muloqot tizimini yo‘lga qo‘yganini ta'kidladi.
«Prezident o‘z lavozimiga kirishganidan keyin xalq bilan muloqot tizimini yo‘lga qo‘ydi. Bu tizimning asosiy mag‘zi hokimlar va boshqa lavozim egalarining kabinetda emas, pastga tushib xalq bilan gaplashishi, ularni eshitib, muammolarini hal qilishi hisoblanadi. Aslida uning vazifasi shu. Biz barcha rahbarlar, vazir va vazir o‘rinbosarlarining aholi bilan biroz engashib, u bilan bir darajada yoki kerak bo‘lsa, undan ham pastroq tushib gaplashishi jarayonlarini ko‘rdik », – dedi u.


















