Koronavirus pandemiyasi haqida mutaxassislar turlicha nuqtayi nazarni ilgari surishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. Masalan, «pandemiya sabab majburiyatni bajarish shart emas, foizlar to‘lanmaydi va h.k.».

Ushbu fikrlar hammasi ham to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Shu boisdan mazkur masalada fikr bildirish zarurati mavjud. Bu nafaqat ilmiy-nazariy yoki sohaga doir masala, balki amaliy jihatdan ham sodda, oddiy tilda tushuntirilishi va to‘g‘ri tatbiq etilishi zarur bo‘lgan masalalardan biridir.

Aytish mumkinki, koronavirus pandemiyasi fors-major, yengib bo‘lmas kuch sifatida majburiyatlarni bajarmaslik, lozim darajada bajarmaslik, yetkazilgan zararni qoplash yoki qoplamaslik masalasiga bevosita daxl qiladi.

Shuning uchun ham koronavirus pandemiyasini – yengib bo‘lmas kuch – fors-major, vaziyatni jiddiy o‘zgarishi, majburiyatni bajarishning mumkin bo‘lmasligi deb talqin qilish mumkin.

Yengib bo‘lmas kuch

Avvalo, fors-major holatiga to‘xtalib aytish mumkinki, aksariyat hollarda shartnomada bu haqda ko‘rsatishga harakat qilinadi. Masalan, suv toshqini, ish tashlashlar, tartibsizlik va h.k. Biroq, 2019 yil yakunida ham biror bir davlatda tuzilgan shartnomada koronavirus pandemiyasi fors-major sifatida ko‘rsatilmagan. To‘g‘rirog‘i, buni oldindan ko‘rishning ham iloji yo‘q edi.

Shu boisdan FKning 333-moddasida basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib bo‘lmaydigan kuch, ya'ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi.

Demak, hodisa kutilmaganda ro‘y berishi, uning oldindan oldini olish ilojsizligi tufayli ro‘y bersa, bu fors-major hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 fevraldagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda fors-major tushunchasi berilgan.

Unga ko‘ra, fors-major – O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lgan tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda