Özbekiston va Qozoğiston Turkiston viloyatidagi toşqinlarni bartaraf etiş böyiça yaqindan hamkorlik qilmoqda, dedi Turkiston viloyati hokimi Umrzoq Şukeyev. Vaziyat barqarorlaşgandan söng, Qozoğiston Özbekiston bilan çegarani oçadi, deb xabar berdi Zakon.kz muxbiri.

1 may kuni Özbekistondagi Sardoba suv ombori töğonining bir qismi öpirilişi va suv çiqişi sababli çegaraoldi hududlarda joylaşgan kollektorlarga suv töldi. Toşqin tufayli favqulodda holat e'lon qilindi. Bugungi kunga qadar 14ta aholi punktidan 31 606 nafar aholi evakuatsiya qilindi. Beşta aholi punktini suv bosdi, 7ta hududda hanuzgaça xavf mavjud, Mirzakent va Oqyöl aholi punktlarida suv toşqini xavfi yöq hamda aholi öz uylariga qaytdi, dedi Şukeev.

Uning eslatişiça, 2 may kuni tezkor ştab taşkil etildi, 986 kişi va 180dan ortiq texnika jalb qilindi. Suv nasoslari Qizilörda, Jambil viloyatlari va Çimkentdan olib kelindi, Milliy gvardiyadan 413 nafar harbiy va 37 dona texnika safarbar etildi. Bundan taşqari, 323 nafar harbiy xizmatçi va 26 dona texnika Milliy gvardiya tomonidan Olmaotadan olib kelindi. 19ta evakuatsiya punkti oçildi.

Hokimning sözlariga köra, favqulodda vaziyat tufayli dastlabki hisob-kitoblarga köra 845ta uy, 3ta maktab, 5ta bolalar boğçasi, 4ta tibbiyot muassasasi, 1ta madaniyat uyi suv ostida qolgan.

- Şuningdek, Jyenis qişloğida köprik, 54,7 km uzunlikdagi yöl suv ostida qoldi. Yana şuni aytmoqçimanki, 7 639 gektar ekin maydoniga zarar yetdi. Bugun biz zarar böyiça hisob-kitoblarni amalga oşiryapmiz. Şundan söng qöşimça hisobot beramiz, - dedi viloyat hokimi.

Hozirga qadar, uning sözlariga köra, suv bosgan hududlarda mol-mulkni himoya qiliş uçun 8ta blokpost barpo etildi.

Biz Özbekistonga borib, hamkasblar bilan suhbatlaşdik, xavfli joylarni körib çiqdik. Kögali aholi punkti yaqinida qöşimça ravişda kanallar qaziymiz. Keça bu kelişildi. Umuman olganda, Özbekiston yaqindan hamkorlik qilmoqda. Vaziyat barqarorlaşgandan keyin ular bizning viloyatga kelib, yordam berişadi. Öz navbatida, biz çegarani oçişimiz kerak, dedi Şukeyev.

Eslatib ötamiz, mart oyi örtalarida Qozoğiston va Özbekiston koronavirus tarqalişi oldini oliş uçun xorijliklarga öz çegaralarini yopgan edi. 

Bundan oldin, Qozoğiston Özbekistonga rasmiy xat yuborib, Sardoba suv omboridagi töğonning öpirilişi haqida töliq ma'lumot berişni talab qilişi