Lukaşenko bu taklifni 5 may kuni OAV vakillari bilan suhbatida bildirgan.
“Barça davlatlar, juda bölmasa sobiq ittifoq davlatlari yetakçilarini Minskka kelib, bu paradda bölişga taklif qilaman. Umid qilamizki, kimdir keladi. Kelmasalar, paradni odatdagidek özimiz ötkazaveramiz. Men yuqoridagilar haqida gapiryapman. Barça respublikalardan oddiy odamlar esa bu paradda talaygina böladi”, deb aytgan Belarus rahbari.
“Minskda yiğilişimiz töğri bölardi. Bu yer yuzidan yöq qilib taşlangan, zarbani birinçi bölib qabul qilgan va bu yerda qolgan qariyalar va bolalar deyarli 4 yil botqoq, örmon, yertölalarda yaşaşga majbur bölgan respublikadir. Bu eng köp aziyat çekkan respublika – öşa şafqatsiz uruşning jonli yodgorligi. Şu sababli bu yerda yiğiliş töğri bölardi, ayniqsa hozirgi şaroitda”, deb ta'kidlab ötgan Lukaşenko.
Belarus prezidenti Minskdagi paradni boşqa davlatlardagi tomoşabinlar ham kuzata oladigan qilişni taklif qilgan.
Xabarda Lukaşenko aynan kimlarga taklifnoma jönatgani ma'lum qilinmagan.
Avvalroq Belarus prezidenti Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tanqidiga qaramay, Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 75 yilligi şarafiga 9 maydagi paradni ötkazmoqçiligini aytgandi. Lukaşenkoning ta'kidlaşiça, u paradni bekor qila olmaydi, çunki bu “juda hissiyotli, çuqur ğoyaviy ma'noga ega narsadir”. Uning işonç bildirişiça, ğalabaning 75 yilligi nişonlanişi bilan boğliq ommaviy tadbirlar va harbiy parad mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni yomonlaştirmaydi.
Biroq JSSTning Belarusdagi vakili Batir Berdikliçevning ta'kidlaşiça, paradda koronavirus oğir keçuvçi va undan ölim darajasi yuqori bölgan keksa yoşlilarning iştirok etişi alohida xavotir uyğotadi.
Avvalroq Rossiyada koronavirus pandemiyasi sababli Ğalaba paradi boşqa sanaga köçirilgandi. Rossiyaning önlab şaharlarida 9 may kuni paradning faqat aviatsiya qismigina ötkaziladi.

















