Unga ko‘ra, iqtisodiy nuqtayi nazardan pandemiyadan keyingi kelajakning 4 xil variantini taxmin qilish mumkin: davlat kapitalizmi, varvarlik, davlat sotsializmi, o‘zaro yordamga asoslangan tizim.
1-ssenariy: davlat kapitalizmi
Bu – hozir aksariyat davlatlar qo‘llayotgan dominant siyosat shakli. Kapitalizm tovar ayirboshlash jarayoni (ya'ni oldi-berdi)ni iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sifatida ko‘radi, shu bois savdo va ishlab chiqarish jarayonini tiklashga zo‘r beradi.
Ammo ishchilar o‘z salomatligidan xavfsiragani uchun ishga chiqmay qolishi ehtimoli yo‘q emas. Oqibatda bozor inqiroz yoqasiga kelib qolganda davlat yordamiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Natijada davlat kredit berish tizimini kengaytirishga, tadbirkorlik sub'yektlariga mablag‘ manbalarni taqdim qilishga o‘ta boshlaydi.
Bu ssenariy pandemiya qisqa vaqt davom etganda va uni nazorat qilish mumkin bo‘lib turgandagina qo‘l kelishi mumkin. Uzoq davom etadigan pandemiya sharoitida esa davlat bozorni ushlab turish uchun tobora ko‘proq resurs tikishiga to‘g‘ri keladi, ammo buning uddasidan qanchalik chiqa olishi mavhum.
2-ssenariy: varvarlik
Bu – sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariy.
Pandemiya xavfi hali yuqori bo‘lib turgan vaziyatda odatiy turmush tarziga qaytishga harakat qila boshlagan davlatlarda shunday ssenariy kuzatilishi mumkin. Ya'ni oldi-berdi harakatlarini tiklash asosiy prinsip bo‘lib, aholi hayot xavfsizligi ikkilamchi masalaga aylanadi.
Davlat inqirozli vaziyatlarga chidamli mexanizmlarga ega bo‘lmagani holda bozorni saqlashga harakat qiladi. Salomatligi bilan bog‘liq muammolar yoki ishsizlik tufayli bozordan tashqarida bo‘lib qolgan aholi qatlami qo‘llab-quvvatlanmaydi. Aholi salomatligi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilmay, shifoxonalar yomon ishlasa, davlat tadbirkorlik sub'yektlari va bozorlarni saqlab qolish uchun samarali mexanizmlar yarata olishning uddasidan chiqmasa, xaos va varvarlik yuzaga kela boshlaydi.
Iqtisodiy beqarorlik ijtimoiy va siyosiy xavotirlarga sabab bo‘ladi, davlat tizimi jamiyat farovonligini ta'minlashning uddasidan chiqa olmaydi.
3-ssenariy: davlat sotsializmi


















