Prezident bugun ötkazgan videoselektorda karantin çoralari yumşatiladigan hududlarni belgilaşda bemorlar soni va davolaniş dinamikasidan kelib çiqib baholaş lozimligi haqida gapirdi.

Yiğilişda karantin çoralari yengillaştiriladigan hududlarni belgilaş masalasi ham körib çiqildi.

Soğliqni saqlaş vazirligiga hokimliklar bilan birga har bir tuman  va şaharning karantin darajasini belgilaş, joylardagi vaziyat özgarişiga qarab, tezkorlik bilan karantin darajalarini yangilab boriş vazifasi qöyildi. 23 aprel kuni tasdiqlangan pandemiya davrida vaqtinçalik sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiyenik normalarga rioya etiş zarurligi ta'kidlandi.

«Barça viloyat va tuman hokimlari yozib olsin! Endi tuman, şaharlar «qizil» – yuqori xavf, «sariq» – örta xavf va «yaşil», ya'ni xavfsiz hududlarga ajratiladi. E'lon yozib qöyamiz, «Bu hudud qizil» deb. Butun el bilsin. 

Masalan, «yaşil» maqomini olgan hudud özgarsa (kasallik aniqlansa yoki köpaysa – tahr.) öşa joylardagi mas'ullar qonun oldida javob beradi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

«Qizil» yoki «yaşil» maqomi özgarib borişi joylardagi rahbarlarning şaxsiy mas'uliyati bilan boğlandi. Qayerdaki karantin qoidalariga amal qilinmasa, sanitariya-epedimiologiya qoidalari buzilsa, öşa joyda vaziyat yomonlaşişi mumkinligi, bunga yöl qöyganlar esa qonun oldida javob berişi ta'kidlandi. 

Qoraqalpoğistondagi ayrim tuman-şaharlar uşbu amaliyotga misol sifatida körsatildi. Xususan, Möynoq (9ta) va Qönğirotda (10ta) kasallik aniqlangan bölsada, bu hududlar «sariq» hududga kiritiladi. Çunki, kasallik asosan karantin hududlarda aniqlangan bölib, aholi örtasida kuzatilmagan. Nukus şahriga esa (79 kişida virus aniqlangan) «qizil» darajasi beriladi. 

Şavkat Mirziyoyev mas'ullarga qisqa fursatlarda hududlarning karantin darajasini aniqlaş böyiça topşiriq berdi. Joylarda vaziyat özgarişiga qarab, karantin darajasi ham özgarib boradi.

Korxonalarda, ayniqsa savdo va xizmat körsatiş obektlarida sanitariya qoidalariga amal qilinişi böyiça ta'sirçan jamoatçilik nazorati örnatilişi ta'kidlandi.