AQSh hukumati xizmatlari haqida ma'lumot beruvchi rasmiy portalda favqulodda holat e'lon qilingan payt harakatlanish rejasi batafsil tushuntirilgan. Unda tabiiy ofatga qarshi turish choralari, fojia yuz berganda moddiy yordam olish va tirik qolgan aholining turmushini yaxshilash bo‘yicha harakatlar rejasi ochiqlangan.

Tayyorgarlik ko‘rish bosqichi

AQShda asosan dovul, suv toshqini, zilzila va jilovlanmagan yong‘indan himoyalanish uchun aholiga ogohlantirish beriladi. Masalan, suv toshqini nima ekani, qaysi omillarga ko‘ra paydo bo‘lishi va voqealar rivojlanishi haqida xalqchil tushuncha portal orqali taqdim etiladi. 

Foto: Getty Images

AQShda aynan suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlarning maxsus xaritasi tayyorlangan. Risk hududida istiqomat qiluvchi aholi ahvol o‘zgarishini real rejimda kuzatib turishi mumkin. Bundan tashqari, favqulodda holat e'lon qilinishi munosabati bilan uyali aloqa vositasi orqali xabar olish imkoniyati mavjud. Ushbu xabarnoma telefon o‘chirilgan bo‘lsa-da, egasini ogohlantiradi. 

evakuatsiya qilingan aholi yashash joyi / Getty Images

Evakuatsiyaga otlangan aholi avvaldan boshpana uchun yechim o‘ylab qo‘yishi qattiq tavsiya qilinadi. Ko‘pincha evakuatsiya qilingan aholi boshpanasiz shaxslar yashaydigan shelterga keltiriladi