Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olayotgan bir paytda ham ta'lim tizimi töxtab qolgani yöq. Har bir oliy ta'lim muassasasi zamonaviy texnologik, innovatsion vositalarni qöllagan holda masofaviy öqitişni yölga qöydi. Bundan taşqari, xalqaro loyihalar borasidagi izlanişlar ham bir joyda töxtab qolmay, yanada samarali natijalarga erişilmoqda.
Samarqanddagi «Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti bu borada muvaffaqiyatli işlarni amalga oşirmoqda. Bugungi kunda universitet uçta nufuzli xalqaro loyihalarda iştirok etiş huquqini qölga kiritgan.
Creative Spark: oliy ta'limda tadbirkorlik
Bu dastur Buyuk Britaniya ta'lim muassasalari, universitetlari hamda iştirokçi davlatlar iqtisodiyotini rivojlantiriş maqsadida kreativ tadbirkorlik tajribalarini şakllantiriş doirasida xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş böyiça 2018-2023 yillarga möljallangan dasturni öz içiga oladi.

Uşbu dastur Britaniya tajribasidan foydalangan holda ta'lim jarayonida kreativ tadbirkorlik könikmalarini rivojlantirişga katta hissa qöşişi şubhasiz. Loyihani amalga oşirişning birinçi yili doirasida ön mingdan ortiq talaba va yoş tadbirkorlarni jalb etiş közda tutilgan. Loyiha doirasida e'lon qilingan tanlovda 2019 yil sentabr oyida Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida birinçi prorektor vazifasini bajaruvçi iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.Turayev iştirok etib «English Club» oçilişiga erişildi.
R.A.R (Regional Alumni Representative)
«Hududiy bitiruvçilar vakili» – 2020 yil boşida AQŞning Özbekistondagi elçixonasi tomonidan ötkazilgan uşbu tanlovda «Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti öqituvçisi Alişer Komilovning loyihasi tanlanib, ğolib deb topilgandi. Universitetimizda AQŞ davlat dasturlarini bitirgan mutaxassislar bilan birgalikda talabalarning hududiy markazini oçiş rejalaştirilgan.
Markazda AQŞ elçixonasi hamkorligida professor-öqituvçilar, mutaxassislar va talabalar uçun öquv va almaşinuv dasturlari faoliyatlari yölga qöyiladi. Bunda, albatta, informatsion ta'minot yölga qöyiladi, dasturlar doirasida professional tahlil qiliş böyiça AQŞ elçixonasi tomonidan boşqa xorijlik mutaxassislar ham jalb etilib, ular tomonidan universitet uçun amaliy yordam va maslahatlar beriladi. Şuningdek, AQŞ elçixonasi tomonidan ma'lum faoliyatlar moliyalaştirilişi nazarda tutilgan.
Turizmni rivojlantirişga qaratilgan xalqaro loyiha


















