Yiğilişda ma'lum qilinişiça, Özbekistonga xorijdan qaytgan va bemorlar bilan muloqotda bölgan 45 ming kişi karantinga olingan.

«Biz juda katta kuç sarflab, köp sa'y-harakatlar, xalqimizning kömagi va çuqur tuşunişi, sabr-toqati bilan Özbekistonda bu ofatni jilovlab turibmiz. Lekin baribir juda ham ziyraklik va ehtiyotkorlik bilan, karantin qoidalariga töliq amal qilişimiz şart. Bu xavf butun dunyoda butunlay bartaraf etilmas ekan, xotirjamlikka berilişga aslo haqimiz yöq.

Respublikamizda epidemiologik vaziyat barqarorlaşganidan foydalanib, virusdan xoli hududlarda iqtisodiyotni yurğizib yuboriş va odamlarni daromad bilan ta'minlaş maqsadida karantin talablarini asta-sekin yumşata boşladik. Bunda biz aholining karantindagi turmuş şaroitini yaxşilaş uçun ularning köplab murojaatlarini ham inobatga oldik.

Ötgan selektorda berilgan topşiriqqa muvofiq, Respublika komissiyasi tomonidan 8 maydan boşlab, infeksiya aniqlanmagan yoki bemorlar töliq soğaygan Navoiy, Jizzax va Qaşqadaryo viloyatlari «yaşil», oxirgi 14 kunda virus aniqlanmagan, lekin davolanayotgan bemorlar bölgan Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toşkent şahri «sariq», doimiy ravişda infeksiya aniqlanayotgani uçun boşqa hududlarning barçasi «qizil» toifali hudud deb e'lon qilindi.

Şuningdek, mintaqalarning toifasiga qarab, ruxsat etiladigan xizmat turlari ham aniq va tuşunarli qilib belgilab berildi. Albatta, «yaşil» hududlarda köproq, «sariq»da kamroq, «qizil»da çeklangan sondagi xizmatlar körsatiladi.

Takror va takror aytaman, jahonda, ayniqsa biz yaqin hamkorlik qiladigan davlatlarda pandemiya tobora kuçayib borayotganini, bu holat bizga ham katta xavf solişi mumkinligini aslo unutmasligimiz kerak. Şu sababli barçamizdan huşyorlikni yanada oşiriş talab etiladi. Bu borada, faoliyatini umuman töxtatmagan korxonalarda ham, öz işini qaytadan boşlaşga ruxsat berilgan sohalarda ham virusga qarşi kuraşiş böyiça çeklovlar sözsiz bajarilişi kerak.

Yana bir bor takrorlayman, har birimiz karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilib, özimiz, yaqinlarimiz va xalqimizning soğliğini himoya qiliş uçun mas'ul ekanimizni unutmasligimiz zarur va şart.