Sardobadagi holat böyiça tuzilgan hukumat komissiyasining töliq tarkibi va unga yuklangan vazifalar ma'lum qilindi
|16:25 / 08.05.202051 28816 min
«Sardoba» suv ombori töğonidan suv toşişi oqibatlarini bartaraf etiş va hodisa sabablarini örganiş böyiça 1 may kuni tuzilgan Hukumat komissiyasiga mamlakat boş vaziri Abdulla Aripov raislik qiladi. Favqulodda vaziyatlar vaziri (ayni paytda Prezident maslahatçisi) Tursinxon Xudoyberganov, boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev va Sirdaryo viloyati hokimi Ğofur Mirzayev komissiya raisining örinbosarlari etib tayinlandi.
6 may kuni milliy qonunçilik bazasiga Özbekiston Respublikasi prezidentining 1 may kuni imzolangan «Sirdaryo viloyatida joylaşgan Sardoba suv ombori töğonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etiş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoyişi joylaştirildi.
Suv ombori töğonidan suv toşişi oqibatlarini bartaraf etiş va hodisa sabablarini örganiş böyiça 1 may kuni tuzilgan, boş vazir Abdulla Aripov rahbarligidagi hukumat komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklangan:
«Sardoba suv ombori» töğonidan suv toşişi oqibatida iqtisodiyot tarmoqlarida, birinçi navbatda, qişloq xöjaligi, yöl-transport va irrigatsiya tizimlari, ijtimoiy soha, aholi uy-joy fondi, noturar joy binolariga yetkazilgan zarar va yöqotişlar miqdorini aniqlaş va baholaş;
suv toşqini oqibatida evakuatsiya qilingan va zarar körgan fuqarolarga amaliy kömak körsatiş, vaqtinça turar joy, oziq-ovqat, tibbiy-psixologik yordam va boşqa zarur şaroitlarni yaratiş;
suv toşişi oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etiş, ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik-transport kommunikatsiyalari, qişloq xöjaligi va irrigatsiya infratuzilmasi hamda boşqa hayotiy muhim obektlar va tizimlarni, uy-joy va kommunal xöjaligini tiklaş va işçanlik holatiga keltiriş;
quriliş-tiklaş işlariga zarur böladigan barça turdagi quriliş materiallarining miqdorini aniqlaş va ularni respublikaning turli hududlaridagi işlab çiqariş korxonalaridan kerakli hajmda yetkazilişini ta'minlaş;
qişloq xöjaligi işlab çiqarişida yetkazilgan zararlar, ekin maydonlaridagi yöqotişlar va nobudgarçiliklar örnini qoplaş, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tiklaş çoralarini köriş;
tez kunlarda nobud bölgan ekin maydonlarini töliq örganib çiqib, qisqa muddatlarda boşqa turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlarini ekişni taşkil etiş, zarar körgan qişloq xöjaligi obektlarini tiklaş böyiça zarur çora-tadbirlarni belgilaş;
«Sardoba suv ombori» töğonidan suv toşişiga olib kelgan sabablarni har tomonlama çuqur va atrofliça örganiş hamda kelgusida bunday holatlarning respublika miqyosida oldini oliş böyiça amaliy takliflarni işlab çiqiş;
respublikamizning boşqa hududlarida joylaşgan gidrotexnika inşootlari jismoniy xavfsizligi, yaxlitligi va butligini doimiy monitoring qiliş, öz vaqtida nazorat-profilaktika tadbirlarini taşkil etiş, suv omborlari va töğonlarga tutaş hududlar va aholi punktlarida istiqomat qilayotgan fuqarolarni favqulodda vaziyat yuzaga kelişi xavfi haqida xabardor etiş tizimini takomillaştiriş yuzasidan aniq çoralar köriş;
Mavzuga oid
suv omborlari va töğonlardan suv toşişi davrida mutasaddi vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va favqulodda xizmatlar, mahalliy davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, jamoat taşkilotlarining xatti-harakatlar algoritmi va özaro hamkorligining samarali mexanizmlarini yaratiş.
Hukumat komissiyasining töliq tarkibi:
A.N. Aripov — Özbekiston Respublikasi Boş vaziri, Komissiya raisi
T.A. Xudaybergenov — Özbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, Komissiya raisining örinbosari
O‘.I. Barnoyev — Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Komissiya raisining örinbosari
Ğ.Ğ. Mirzayev — Sirdaryo viloyati hokimi, Komissiya raisining örinbosari
N.T. Yöldoşev — Özbekiston Respublikasi Boş prokurori
B.N. Qurbonov — Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziri
Ş.O‘. Sobirov — Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining birinçi örinbosari
B.I. Zakirov — Özbekiston Respublikasi quriliş vaziri
T.A. Işmetov — Özbekiston Respublikasi moliya vaziri
R.T. Mamatov — Özbekiston Respublikasi mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri
Ş.R. Hamroyev — Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vaziri
A.K. Şodmonov — Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri
M.X. Soliyev — Özbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri
R.M. Jörayev — Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondoni
A.X. Qöldoşev — Özbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari
I.R. Mahkamov — Özbekiston Respublikasi transport vazirining birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi
U.M. Mustafoyev — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisi
B.K. Zaripov — «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi raisi
A.A. Sanginov — «Özbekgidroenergo» AJ boşqaruvi raisi
X.N. Xasilov — «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruvi raisi vazifasini bajaruvçisi
A.M. Xidirov — Sardoba tumani hokimi
D.T. Fozilov — Oqoltin tumani hokimi vazifasini bajaruvçi
X.K. Abdullayev — Mirzaobod tumani hokimi
Hukumat komissiyasi quyidagilarni ta'minlaşi belgilangan:
Sirdaryo viloyatining suv bosgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida boşqaruv organlari va sektor rahbarlarining sutkalik navbatçiligini taşkil etiş;
mutasaddi vazirlik, idora va boşqa taşkilotlar bilan birgalikda Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yetkazilgan zarar va yöqotişlar kölamini hamda ajratiladigan moliyaviy mablağlarni inobatga olgan holda favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etiş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturini işlab çiqib, amalga oşiriş;
suv bosgan hududlardan evakuatsiya qilingan fuqarolarni vaqtinçalik yaşaş manzillariga joylaştiriş, ularni oziq-ovqat va dori vositalari, zarur gigiyenik vositalar bilan ta'minlaş, tibbiy-psixologik yordam körsatiş işlarini taşkil etiş;
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan evakuatsiya qilingan aholining tibbiy körikdan ötkazilişi, ularning vaqtinçalik yaşaş manzillarida sanitar-epidemiologik tadbirlarni ötkaziş.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi (N. Yöldoşev), Içki işlar vazirligi (Ş. Sobirov), Milliy gvardiyasi (R. Jörayev) mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagi çoralarni körişi belgilangan:
yaşaş joylaridan boşqa hududlarga evakuatsiya qilingan aholini uzluksiz zarur oziq-ovqat mahsulotlari, şaxsiy himoya va gigiyena vositalari, yotoq anjomlari, şuningdek, kuniga uç mahal issiq ovqat bilan ta'minlaş;
Sirdaryo viloyatining suv bosgan tumanlarida xavfli hududlar qurşab olinişi, blok-postlar, nazorat-ötkaziş punktlari va patrullik xizmatini taşkil etiş, uşbu hududlarda jinoyatçilikning oldini oliş va yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş;
aholi orasida yolğon, notöğri ma'lumot va xabarlar hamda sarosima kayfiyat tarqalişining oldini oliş.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (T. Işmetov) uç kun muddatda yuz bergan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etiş, şu jumladan hodisa oqibatida jabrlanganlar va ularning oila a'zolariga moddiy yordam körsatiş işlariga Özbekiston Respublikasi respublika budjeti parametrlarida Özbekiston Respublikasi prezidenti topşiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş uçun közda tutilgan mablağlar hisobidan Sirdaryo viloyati mahalliy budjetiga dastlab 100 milliard söm miqdorida mablağ ajratişi belgilangan.
Hukumat komissiyasi favqulodda hodisa oqibatlarini örganiş natijalariga köra, zaruratga qarab, Sirdaryo viloyatiga qöşimça mablağlar ajratiş böyiça taklif kiritadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (O‘. Barnoyev) mutasaddi vazirlik va idoralar hamda tuman hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda qişloq xöjaligi ekinlariga, jumladan ğalla, paxta, meva-sabzavot va boşqa ekin turlari böyiça zarar yetkazilgan maydonlarni aniqlab, har bir tuman kesimida bajariladigan çora-tadbirlarni işlab çiqsin hamda tezkor tarzda amalga oşirilişini ta'minlaşi belgilangan.
Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi (A. Sultanov) beş kun muddatda işlab çiqariş, ijtimoiy soha va aholini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta'minlaş, şuningdek, avariya-tiklaş işlariga, zaruriyatga qarab, respublikaning boşqa hududlaridan kuç-vosita va maxsus texnikalarni jalb etiş çoralarini körişi belgilangan.
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov) favqulodda hodisa yuz bergan hududlarda muhandislik, qidiruv-qutqaruv va boşqa şoşilinç işlarni bajariş, zarar körgan odamlarning hayot faoliyatini birinçi navbatda ta'minlaş, muhim obekt va tizimlarning işçanligini tezkorlik bilan tiklaş işlariga harbiy qism va muassasalarining harbiy xizmatçilari hamda maxsus texnikalarini jalb qilsin.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi (Ş. Sobirov) Milliy gvardiya (R. Jörayev) bilan birgalikda:
Sirdaryo viloyati hududida favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etiş işlarini amalga oşiriş jarayonida jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini hamda jismoniy va yuridik şaxslar turar joylari, bino-inşootlari hamda mol-mulki muhofaza qilinişini ta'minlaş çoralarini köradi;
ta'mirlaş-qayta tiklaş brigadalari va maxsus xizmatlar transport vositalarining tösiqsiz harakatlanişini ta'minlasin, zarur hollarda belgilangan yönalişlarda Yöl-patrul xizmati kuçlari yordamida ularning kuzatuvini taşkil etsin, transport ta'minoti va muayyan hududni qamrab oliş böyiça amaliy yordam körsatadi;
Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda evakuatsiya qilingan aholi töğrisida ularning ismi-şarifi, yaşaş manzili va boşqa şaxsiy ma'lumotlari aks etgan aniq röyxatni şakllantiradi.
Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (T. Xudaybergenov, A. Qöldoşev):
favqulodda hodisa oqibatida saqlanib qolayotgan tahdid va xavflarni oldindan aniqlaş hamda bartaraf etiş, aholi turar-joylari, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bölgan obektlarda yonğinlar kelib çiqişining oldini oliş, moddiy yöqotişlarni kamaytirişga qaratilgan va boşqa keçiktirib bölmaydigan işlarni taşkil etadi;
Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda suv bosgan hududlarning, ayniqsa mozorlar, kanalizatsiya va tozalaş inşootlari, epizootiyadan xavfli obektlarning sanitar-epidemiologik holatini baholaş, suv bilan ta'minlaş tizimlarini tekşiriş va içimlik suvini yetkaziş, fuqarolar evakuatsiya qilingan aholi punktlarida sanitar-gigiyenik tadbirlar, şu jumladan tozalaş, boşqa zarur dezinfeksiya va maxsus tadbirlarni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi (Ş. Sodiqov) ön kun muddatda Sirdaryo viloyatining suv bosgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida aloqa vositalari, Internet tarmoqlari hamda texnik qurilmalarga yetkazilgan zararni aniqlaş va barçasini işçi holatga keltiriş, uzilgan aloqa kabellari va nosoz holga kelgan mobil aloqa baza stansiya antennalarini qayta tiklaş hamda ularning uzluksiz işlaşini ta'minlaş çoralarini körişi belgilangan.
Favqulodda hodisa natijasida uy-joylariga jiddiy ziyon yetkazilgan aholini ijtimoiy muhofaza qiliş maqsadida:
a) Hukumat komissiyasi, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi qayd etilgan tumanlarda 2020-2021 yillar davomida köp qavatli uy-joylarni muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan birga quriş (keyingi örinlarda — köp qavatli uy-joylar) böyiça beş kun içida taklif kiritişi;
b) Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi ikki hafta muddatda köp qavatli uy-joylar quriş uçun yer uçastkalarini tanlasin va ularni ajratiş böyiça materiallarni tegişli vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelişişi;
v) Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi:
Sirdaryo viloyati hokimligi (Ğ. Mirzayev) bilan birgalikda ikki hafta muddatda köp qavatli uy-joylar qurilişi uçun malakali pudrat taşkilotlari örtasida tanlov ötkazsin va tanlov ğoliblari bilan köp qavatli uy-joylarni quriş böyiça şartnoma imzolaşi;
köp qavatli uy-joylar va muhandislik-transport kommunikatsiyalari qurilişida quriliş-montaj işlari va loyiha yeçimlarining bajarilişi sifati, şuningdek, şaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilişi ustidan davlat arxitektura-quriliş nazorati yuritilişini ta'minlaşi;
g) Sirdaryo viloyati hokimligi uy-joylariga suv toşqini oqibatida jiddiy ziyon yetkazilgan fuqarolar röyxatini tuzsin va ularga qurilgan köp qavatli uy-joylarda xonadonlarni beğaraz ajratiş çoralarini körişi belgilangan.
Köp qavatli uy-joylarni quriş bilan boğliq xarajatlar Davlat budjeti mablağlari va boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi köp qavatli uy-joylarni quriş uçun qöşimça manbalarni, xususan, Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari mablağlarini, şu jumladan budjetni qöllab-quvvatlaş uçun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlarining kreditlari va qonun bilan taqiqlanmagan boşqa manbalarni jalb qilsin.
Hukumat komissiyasi (A. Aripov, Ğ. Mirzayev) ön kun muddatda:
suv bosgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholisiga qulay şart-şaroitlar yaratiş, aholi punktlarini yanada obod va körkam qiliş maqsadida madaniy-maişiy hamda boşqa ijtimoiy obektlar qurilişi böyiça;
Suv xöjaligi vazirligi (Ş. Xamrayev) va Quriliş vazirligi bilan birgalikda «Sardoba suv ombori» faoliyatini tiklaş, töğon orqali suv massasi sizib çiqişini bartaraf etiş va suv omborining öpirilgan qismini rekonstruksiya qiliş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqadi.
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari J. Qöçqorov va Moliya vazirligi (T. Işmetov) mazkur quriliş işlarini moliyalaştiriş yuzasidan taklif kiritadi.
Hukumat komissiyasi (A. Aripov):
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi (A. Şodmonov) bilan birgalikda favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etiş işlarini taşkil etiş va amalga oşiriş davomida hamda evakuatsiya qilingan aholining vaqtinça yaşaş joylarida va öz uylariga qaytgan aholi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalişi munosabati bilan joriy qilingan karantin qoidalariga qat'iy rioya etilişini, ularni maxsus şaxsiy himoya vositalari, zarur tibbiy buyumlar va dori vositalari bilan ta'minlaydi;
bir oy muddatda Sirdaryo viloyatida joylaşgan «Sardoba suv ombori» töğonidan suv toşişi sabablari, töğonning loyihalaştirilişi sifati hamda qurilişi me'yorlari va qoidalariga rioya etilişi, suv omboridan foydalaniş va obektni boşqariş samaradorligi bahosi va boşqa yondoş masalalar, aniqlangan muammo va kamçiliklar töğrisida, şuningdek kelgusida bunday hodisalarning takrorlanmasligi böyiça aniq va asoslantirilgan takliflarni öz içiga olgan yakuniy xulosani Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
uç oy muddatda respublikada faoliyat körsatayotgan gidrotexnika inşootlari, şu jumladan suv omborlari va töğonlar, energetika, transport, aloqa va boşqa hayotiy muhim hamda strategik infratuzilma obektlari va tizimlarining hududlar kesimida maxsus işçi guruhlarini taşkil etgan holda töliq tekşirilişi va har tomonlama taftişdan ötkazilişi, aniqlangan xato va kamçiliklarning tezkorlik bilan bartaraf etilişini ta'minlaydi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining Sirdaryo viloyatida suv toşqini oqibatida zarar körgan hududlarda avariya-tiklaş, quriliş-ta'mirlaş işlarini olib boriş, qişloq xöjaligi ekinlarini tez kunlarda qayta joylaştiriş va ekişni, evakuatsiya qilingan va zarar körgan aholiga har tomonlama tezkor amaliy yordam körsatiş maqsadida quriliş materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va moliyaviy yordamni öz içiga olgan «Madad karvonlari»ni Sirdaryo viloyatiga yuboriş haqidagi taşabbuslari qöllab-quvvatlanadi.
Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Sirdaryo viloyatida suv toşişi oqibatlarini bartaraf etiş va zarar körgan aholiga yordam körsatiş böyiça Hukumat tomonidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida keng jamoatçilikni ommaviy axborot vositalari va faol ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam xabardor etib borilişini ta'minlaydi;
bir kun muddatda Sirdaryo viloyatida suv toşişi munosabati bilan aholidan kelib tuşayotgan murojaatlarni doimiy va uzluksiz ravişda qabul qiliş, fuqarolarga zarur tuşuntiriş işlarini taşkil etiş maqsadida tunu-kun işlaydigan qisqa raqamli telefon liniyasini taşkil etadi.