O‘zbekiston | 09:27 / 08.05.2020
2100
3 daqiqa o‘qiladi

Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari tasdiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining “Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo‘llanilishini, ulardan foydalanilishini) ta'minlashi shartligi hamda texnik xizmat ko‘rsatishni majburiyatini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan.

Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan, transport vositalarini va qishloq xo‘jaligi texnikalarini majburiy texnik ko‘rigidan hamda maishiy hisoblagichlarni metrologik ko‘rigidan o‘tkazishga vakolatli idoralarni jalb qilgan xolda “full service” tamoyili asosida iste'molchilarga xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

Texnik xizmat ko‘rsatuvchilar “full service” tamoyili asosida iste'molchilarga xizmat ko‘rsatishda malakali xodimlarga va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun yetarli shart-sharoitlarni ta'minlanishi lozim.

2021 yil 1 yanvaridan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga quyidagi texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari:

uzoq muddat foydalaniladigan ayrim turdagi elektr texnika tovarlariga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari;

avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari;

elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suv maishiy hisoblagichlar texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari;

qishloq xo‘jalik texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va bandlik vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:

ishchilar kasblarining nomiga uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi qo‘shilishini ko‘zda tutuvchi, ishchilar kasblari va xizmatchilarning asosiy lavozimlari Tasniflagichiga tegishli qo‘shimchalar kiritadi;

uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarda jalb etilgan xodimlar mutaxassisligi bo‘yicha tegishli bilim, ko‘nikmalari va texnik vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat ishlab chiqaruvchi, rasmiy diler yoki o‘quv yurti tomondan rasmiylashtirish tartibini ishlab chiqadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi ustidan zamonaviy xorijiy mamlakatlarining amaliyotidan kelib chiqqan xolda 2020 yil 1 dekabriga qadar davlat nazoratini ta'minlash mexanizmini joriy etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid