Yevrokomissiya Şengen hududi mamlakatlariga YeIga uçinçi davlatlardan kirişga qöyilgan taqiqni yana 30 kunga, 15 iyungaça uzaytirişni tavsiya qildi. Bu borada tegişli tavsiya Yevrokomissiya saytida çop etildi.
"Garçi YeIning ayrim davlatlari va Şengen hududi bilan boğliq mamlakatlar pandemiya tarqalişiga qarşi kuraş çoralarini yumşatişga tayyorgarlikni boşlagan bölsa-da, Yevropadagi va dunyodagi vaziyat beqarorligiça qolmoqda", - deyiladi Yevrokomissiya tomonidan.
Qayd etilişiça, şu bois mamlakatlar taşqi çegaralardan kirişga çeklovlarni uzaytirişi lozim. Yevrokomissiya avvalroq YeIning içki çegaralarini oçişni, şundan keyingina taşqi çegaralarni oçişni tavsiya qilgandi. Uşbu tavsiya öz kuçida qoladi, deya ta'kidlanadi Bryussel tomonidan.
Uşbu tavsiya 30 mamlakatga qaratilgan. Gap Şengen hududining 26 a'zosi hamda u bilan boğliq Islandiya, Lixtenşteyn, Norvegiya va Şveytsariya töğrisida bormoqda.
Koronavirus tarqalişi sababli mart oyi örtalarida Şengen hududi mamlakatlari uçinçi davlatlar fuqarolari uçun YeIga kirişni 30 kunga taqiqlagan hamda Yevropa hududi içida harakatlanişni çeklagandi. Hujjatga köra, bu diplomatlarga hamda Yevroittifoqda uzoq vaqt bölişga ruxsat olganlar va Yevropa fuqarolarining oila a'zolariga taalluqli emas.

















