98 yoşli uruş fronti iştirokçisi 8 may kuni Toşkent şahrida taşkil etilgan bayram dasturxonida öz uruşdan keyin tinç hayotga qaytiş ham qiyin keçgani haqida gapirdi.
«Uning oğirligi uruşga teng bölgan. Çunki öqiş yöq, iş yöq, joy yöq ta'minot tugagan, qariyalarga yordam, degandek. Juda qiynalganman. Keyin aytdimki, hayot özim uçun endi, deb şu yerda asta-sekin könib, moslaşişimga töğri keldi. Uylandim. Institutni tamomladim. Uy-joy qildim özimga. Asosiy işim –öqituvçilik Özbekiston milliy universitetida bölgan. 40-50 yil şu yerda işladim. Kandidat böldim. Doktor böldim. Fan arbobi böldim. Rektor böldim. Işladim. Şunaqa işlarni ham qildik. Uruşdan keying umrim oliy ta'limda ötgan. Nevara-evaralargaça bor. Törtta öğlim uylangan hammasi. Bola-çaqali bölgan. Törttalasi ham pensiyada hozir», – deya boşdan keçirganlarini esladi u.
Uning aytişiça, uruşda xalqlarning birdamligi, bamaslahat kuraşga çiqqani uruşdagi ğalabani ta'minlagan.

«Öşa davrdagi xalqlarda bir-biriga birdamligida köp ma'no bölgan. Uruş davrida 4 yil boşidan oxirigaça böldim. Xalqlar döstligiga heç narsa yetişmas edi. Yana şu narsa meni qoyil qoldirardiki, yillar köp, uni qişi bor, yozi bor, şunga qaramasdan, şunday katta frontni, armiyani töla ta'minlab berişgan. Biron marta falon narsa yetişmabdi, degan narsani eşitganim yöq.
Men aviatsiyada xizmat qilganman. Özi, asosan, köpinça razvedkada. Şu bilan birga bombardimon qiliş xizmtida ham. Biror marotaba bomba yetişmaganligi, benzin yetmadi, boşqa bölmadi, degan gaplarni eşitganim yöq. Aksiga olib, loylik davrlar köp bölgan, oğir davrlar köp bölgan, transport yöliga paytlari bölgan. Bu, albatta, uruşdagi juda katta xalqning birligi, birdamligi masalasi degandek. Harakatning haqiqiyligi degandek masalalardan iborat. Ayniqsa, hujum vaqtida uruşning ikkinçi yarmi, degandek, ozod qilib, Polşa yerlari, Germaniya yerlari, Çexoslovakiya yerlarigaça ozod qilib borganmiz. Şunda öşa xalqning şaharlariga hayron qolardik. Qiziqarli joylari juda köp edi. Lekin ularning ham hammasiga Germaniyaga haqiqiy duşman edi. Heç qanday ularning Germaniya faşizmiga yaqinligi yöq edi», – deya fikr bildirdi ota.
















