Yevropaning turli mamlakatlarida qolib ketgan özbekistonliklar Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan charter reyslar qaçon qöyilişi ma'lum qilinmayotgani, yuzaga kelgan mavhumlik turli qiyinçiliklar bilan yurtga qaytişni kutayotgan özbekistonliklar uçun ruhiy zarba bölayotganini aytişdi.

Farhod Rahmatullayev:

– 10 mart kuni Buyuk Britaniyaga bir haftaga biznes uçraşuv uçun kelgandim. 13 mart kunida uçraşuvimiz bor edi. 17 mart kuni uçib ketişim kerak edi, şu sanaga qaytiş uçun aviçiptam bor edi. Özim Toşkentda işlayman. Lekin Özbekistonda 15 mart kuni koronavirusga çalingan bemor aniqlangandan keyin barça reyslar bekor qilingani uçun şu yerda qolib ketdim. Hozir London taşqarisidagi kiçik bir şaharçadaman. London xavfli bölgani uçun şu yerda turibman.

Ayni vaqtda Britaniyada kasallaniş holatlari soni 200 mingdan oşgan. Ölimlar soni 30 mingdan oşib ketdi. Hukumat judayam keç harakat qildi, deb hisoblanyapti. Ya'ni yaqin-yaqingaça köçada odamlar bemalol yurayotgan edi. Bu yerda karantin Toşkentçalik emas. Judayam erkin deb aytolmayman-u, lekin oziq-ovqat magazinlari haliyam işlayapti.

Özim imkon boriça köçaga çiqmaslikka harakat qilyapman. Imkon boriça ovqatni ham uy şaroitida tayyorlayapman. Lekin bu yerda şunaqa bir hodisa kuzatilyaptiki, balki millatning bir xarakteridir, özini himoyalaş kerakli darajada emas. Tibbiy niqob va qölqoplarda yuriş yuqori darajada, deb aytolmayman va bu yerda kasal bölganlarning asosiy qismi uy şaroitida izolyatsiyaga olinyapti. Özbekistondagiga öxşab maxsus karantin hududlariga joylaştirilmayapti. Şu tufayli odam köçaga çiqişga ham qörqadi. Iloji boriça uyda ötirişga harakat qilyapman.

Reyslar bekor qilingaç, avvaliga ikki hafta davomida Londonda yaşab turdim. Keyinçalik vaziyat şuni körsatdiki, kasallik, asosan, London, Mançester kabi eng katta şaharlarda kuzatilyapti. London özi kiçik megapolis bölgandan keyin oldida kiçik şaharlari ham bor. Şu şaharlarda bir xonali joylar bor. London xavfli bölgani uçun öşa yerga köçişga majbur böldim.

Pulim tugagandan söng oilamdan va döstlarimdan pul olişga majbur böldim. Hozirça şuning hisobiga yaşab turişga harakat qilyapman. Lekin dastlab bu yerda ijaraga ötganimda Britaniyada koronavirus unçalik darajada kuçayib ketmagan edi. Uzoq muddatga band qilib qöyiş arzonroqqa tuşadi bu yerda. Endi esa ijaraga arzonroq joy topiş ham muammo bölib qolgan. Çunki köp joylar işlamayapti.