7 va 8 may kunlari, soat 11:00dan soat 13:00gaça POS terminallari orqali tölovlarni amalga oşirişda kuzatilgan qiyinçiliklarga pul mablağlarini pensiya kartalariga ötkaziş operatsiyalarining şiddatli ravişda ösişi, şuningdek bank kassalari va bankomatlari orqali pul mablağlarini naqdlaştiriş xizmatlariga talab yuqoriligi sabab bölgani bildirildi.
«Milliy banklararo protsessing markazi» direktori Şuhrat Qurbonov Facebook’dagi sahifasida yuqoridagi holat bilan boğliq yana bir post qoldirdi.
Unda aytilişiça, «Milliy banklararo protsessing markazi» Humo tölov tizimining operatori hisoblanadi.
«Tölov tizimining operatori nima bilan şuğullanadi? U tizim işlaşini ta'minlaydi va qöllab-quvvatlaydi - siz kartani terminalga qöyganingizda va tölovni bosganingizda tölov amalga oşirilişi uçun işlaydi. Qisqaça aytganda, 7 va 8 may kunlari ikki soat davomida tölovlarni amalga oşirişda qiyinçiliklar bölgani - bizning aybimiz, agar kerak bölsa - mening aybim. Ammo biz kartalarni çiqarmaymiz, bankomatlar, terminallarni örnatmaymiz, banklar va tölov taşkilotlaridan boşqa heç kim bilan işlamaymiz.
Unda Humo nima va bularning barçasi bilan kim şuğullanadi? Humo iştirokçilar - banklardan iborat. Ya'ni, 30ta bank aynan Humödir. Ular tölov tizimiga egalik qiladi. Markaziy bank ham, boşqalar ham emas, balki aynan iştirokçi banklar. «Humo kartasini çiqardi» deyilganida, bu iştirokçi bank kartani çiqarganligini anglatadi. Kartangizning yuqori qismida uni çiqargan bankning logotipi joylaşgan.
Siz özimni javobgarlikdan ozod qilyapman deb öylaşingiz mumkin, ammo bunday emas, tölovlar va tölov tizimlari töğrisida qonun bor - u yerda hamma narsa yozib qöyilgan.
Milliy banklararo protsessing markazi operator sifatida bankomatlarni sotiş bilan ham, kartalarni sotiş bilan ham, terminallarni sotiş bilan ham şuğullanmaydi, bizning vazifa juda oddiy - bu haqda yuqorida tuşuntirdim.
Humo tölov tizimi xalqaro tölov tizimlariga xos bölgan prinsiplarga asoslangan, xususan, PIN kodni kiritmasdan tölovlarni amalga oşiriş imkonining mavjudligi, kontaksiz tölov, mijozni identifikatsiya qilmasdan karta hisobini masofadan boşqariş imkoniyatining berilmasligi hamda boşqalar. Bu tölov tizimining öziga xos xususiyati bölib, u barçamiz örgangan tajribadan farq qiladi.

















