«Ferrari»  «Formula-1» böyiça tört marta jahon çempioni Sebastyan Fettel bilan şartnomasini uzaytirmasligini ma'lum qildi. Tomonlar yangi şartnoma şartlari boasida kelişa olmadi.

«Biz ham, Sebastyan ham bu qarorni töğri deb hisoblaymiz. Fettel — ajoyib pilot, uning ketişidan afsusdamiz. Jamoada kelişmovçilik yöq, şunçaki olğa yurişda davom etiş kerakligini, yöllarimiz esa ayrilişini tuşundik», — dedi «Ferrari» rahbari Mattia Binotto.

32 yoşli Fettelning şartnomasi uşbu mavsum yakunlanişi bilan tugaydi. Uning bir yillik maoşi 40 mln yevroni taşkil etadi. Avvalroq F1-Insider portali «Ferrari» Fettelga ikki mavsumga şartnoma taklif qilganini yozgandi. Şu bilan birga, şartnomadagi tölov miqdori koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan inqiroz bois hozirgidan ança kam körsatilgandi.

Fettel «Formula-1»da 2007 yildan beri qatnaşib keladi.  U «Red Bull» jamoasi safida tört marta jahon çempioni bölgan (2010–2013). Nemis poygaçisi «Ferrari»ga 2015 yilda ötgandi.  

Koronavirus tarqalişi sababli «Formula-1»ning yangi mavsumi hozirça boşlanmadi. Bahrayn, Vetnam, Xitoy, Niderlandiya, Ozarboyjon va Kanada gran-prilari muddati köçirildi, Avstraliya, Monako, Ispaniya va Fransiya bosqiçlari bekor qilindi.