Joriy yilning 11 may kuni soat 10:30larda, Andijon viloyati, Xöjaobod tumani, Köprikboşi MFY hududidan ötgan 4R avtomobil yölining 136-km.da yöl-transport hodisasi röy berdi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, «Xöjaobod-Nargiz» yönalişida haydovçi, 1999 y.t. S.X. «Damas» rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boşqarib kelib, oldinda özi bilan bir yönalişda çap tomonga burilayotgan haydovçi, 1967 y.t. M.Yu. boşqaruvidagi «Damas» rusumli transport vositasiga urilib, ağdarilgan.

Natijada, haydovçi S.X. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Xöjaobod tumani IIB TB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

«Hurmatli yöl harakati iştirokçilari, yöllarda harakatlanganda «Yöl harakati qoidalari»ga amal qilişingizni, aholi yaşaş joylarida tezlikni me'yoridan oşirmasligingizni, özingiz va özgalar hayotini xavf ostiga qöymasligingizni sörab qolamiz», - deyiladi ma'lumotda.