Qömita xabariga köra, yangi namunadagi kadastr pasporti qator afzalliklarga ega.

Ular:

1. Barça kadastr ma'lumotlari bir joyda yagona ma'lumotlar bazasida saqlanadi. Smart karta içidagi ma'lumotlar onlayn ravişda bazaga ulangan holda köriladi. 
2. Barça kadastr ma'lumotlari bir joyda, tartibli, qulay şaklda, töliq ravişda joy oladi. 
3. Uy-joy bilan boğliq barça kadastr işlari doimiy ravişda elektron qayd etib boriladi va elektron kadastr tarixi vujudga keladi.
4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xavfsizligi yuqori saviyada taşkil qilinadi.
5. Notarial idoralarda uy-joyni rasmiylaştiriş vaqtida hujjatlarni körib çiqiş jarayoni sezilarli ravişda yengillaşadi.
6. Smart karta yöqolib qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda, masofadan turib bloklanadi va qisqa vaqt içida yangi kadastr pasporti taqdim etiladi.
7. Geoportal bilan integratsiya natijasida uy-joyning geografik maydoni va çegarasi töğrisida öta aniq ma'lumot smart kartadan joy oladi.
8. Maxsus mobil ilova orqali kadastr pasporti ma'lumotlarini köriş imkoni yaratiladi. Buning uçun smart kartani telefonga yaqinlaştiriş kifoya.
9. Maxsus texnologiyasiga ega mikroçipli smart karta keng imkoniyatlarga ega. Tez orada uy-joy bilan uzviy boğliq bölgan kommunal, soliq, ipoteka va suğurta xizmatlarini smart karta orqali işlatişni yölga qöyiş rejalaştirilgan.