Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 may kuni yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida samaradorlikni oshirish, energiya sarfini maqbullashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish, huquqiy-me'yoriy qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqib, rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarga qo‘shimcha shart-sharoit yaratish muhimligi ta'kidlandi.

Sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish va respublikamizda quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) tabiiy gaz va neft taqchilligini hal qilishga yordam berishi va hech bo‘lmaganda, iste'molchilar xarajatlarini ikki baravar kamaytirishi ta'kidlandi.

2030 yilga kelib, 5 GVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyalari va 3 GVt quvvatga ega shamol elektr stansiyalari qurilishi hisobiga qayta tiklanadigan energiya manbalardan umumiy quvvati 8 GVt elektr energiyani ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Moliya vazirligi departamenti direktori o‘rinbosari, energetika bo‘yicha ekspert, Germaniya quyosh energiyasi assotsiatsiyasi va xalqaro atrof muhit muhofazasi bo‘yicha Aleksandr fon Gumboldt jamg‘armasi a'zosi Ravshan Xo‘janov cohadagi muammolar va kutilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ravshan Xo‘janov

O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirishda xalqaro moliya institutlari faol ishtirok etmoqda. Uni rivojlantirish uchun salmoqli kredit va qarz mablag‘lari yo‘naltirilmoqda.

Mamlakat mustaqilligining dastlabki davrlarida obektiv sabablarga ko‘ra sohaga e'tibor yetarli emas edi. 2016 yilda prezidentimiz tashabbuslari bilan ushbu sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirishga kirishildi.

O‘tgan yili Energetika islohotlari bo‘yicha xalqaro forumda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov mamlakat elektr energetika sanoati investitsiya dasturining 2030 yilgacha bo‘lgan asosiy yo‘nalishlari haqida gapirib, ushbu sohada reabilitatsiya va islohotlarni amalga oshirish uchun