O‘zbekiston | 07:26 / 13.05.2020
27524
2 daqiqa o‘qiladi

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 3ta yangi modda bilan to‘ldiriladi

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 193-4, 193-5, 193-6-moddalar bilan to‘ldiriladi.

Ularga ko‘ra:

193-4-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

193-5-modda. Fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik

Fuqarolar yig‘inining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.

193-6-modda. Fuqarolar yig‘ini xodimlari faoliyatining kafolatlarini buzish

Fuqarolar yig‘ini xodimlari faoliyatining qonun hujjatlari bilan berilgan kafolatlarini buzish - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid