«Takror va takror aytaman, hali yurtimizda karantin tugagani yöq. Lekin biz majburmiz [karantinni] yumşatişga: odamlarni boqişimiz kerak, iqtisodiyotni tiklaşimiz kerak.
Umuman, koronavirus yöqolganidan keyin ham xalqimiz karantin paytidagi ayrim qoidalarni özining odatiy turmuş tarziga aylantirişi zarur. Jumladan, şaxsiy gigiyenaga amal qiliş, qölni tez-tez sovunlab yuviş, dezinfeksiya qiliş, turli töy-marosimlarni juda çeklangan tartibda ötkaziş, yuqumli kasal bölsa, niqob taqiş odatiy qoidaga aylanişi zarur.
Barçangiz körib turibsiz, pandemiyani jilovlaşga juda katta kuç sarflayapmiz. Bu borada ança qiyin va oğir yölni bosib ötdik. Oğir yölni tanlaganmiz. Lekin bu yöl özining samarasini sekin-sekinlik bilan beryapti. Boşqa yöl yöq.
Xalqimiz karantin boşlangan dastlabki kunlardagi taşvişli vaziyat yana qaytarilişini mutlaqo istamaydi. Biz majbur bölamiz, qaysidir viloyatda, qaysidir hududda, qaysidir korxonada [koronavirus aniqlansa], darrov yopiladi. Lekin jinoiy javobgarlik bilan yopiladi. Öşa hokimiga ham, korxona rahbariga ham – agar karantin normalariga e'tibor qilmasa», – dedi davlat rahbari.

Eslatib ötamiz, bu yiğilişda hududlararo transport aloqasi tiklanişi rejalaştirilayotgani ma'lum böldi.
Jumladan, Toşkent şahridan Nukus, Urganç, Termiz şaharlariga aviaqatnovlarni tiklaş, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarşi şaharlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi hamda Farğona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, şaharlar içida şaxsiy avtomobillar harakati böyiça çeklovlarni bekor qiliş masalasi örganilyapti.


















